Subsidiyalar asosan qaysi sohalarga yoʻnaltirilmoqda?
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yilning dastlabki 9 oyi davomida davlat byudjetidan ajratilgan subsidiyalar bo‘yicha hisobotni e’lon qildi.
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat tomonidan subsidiyalar iqtisodiyotning turli tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholining turmush darajasini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. 2024-yilning 9 oyi davomida davlat budjetidan ajratilgan subsidiyalar turli sohalarda rivojlanishga xizmat qilmoqda. Bu ko‘rsatkichlar mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘zgarishlarning amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi.
Subsidiya ajratilgan asosiy yo‘nalishlar
1. Energetika sohasi
Energetika sektori subsidiyalarga eng yirik ulushni oldi — 12 008 milliard so‘m. Ushbu mablag‘lar energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan.
2. Ijtimoiy ahamiyatga ega subsidiyalar
Jami 4 912 milliard so‘m aholining ijtimoiy ehtiyojlariga qaratilgan dasturlar uchun yo‘naltirildi. Bu, asosan, kambag‘allikni kamaytirish va aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
3. Tadbirkorlik va bandlikni rivojlantirish
Tadbirkorlik va ish o‘rinlari yaratish uchun 1 385 milliard so‘m subsidiyalar ajratildi. Bu mablag‘lar kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
4. Qishloq va suv xo‘jaligi
Qishloq va suv xo‘jaligiga 922 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu mablag‘lar infratuzilmani rivojlantirish va qishloq aholisining hayotini yaxshilashga qaratilgan.
5. Geologiya-qidiruv ishlari
Geologiya sohasida qidiruv ishlarini davom ettirish va yangi konlarni aniqlash uchun 589 milliard so‘m ajratildi.
Hududlar bo‘yicha subsidiyalar taqsimoti
Sharhga ko‘ra, Samarqand va Andijon viloyatlarida subsidiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha ijobiy natijalar qayd etildi. Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida esa energetika va qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan mablag‘lar sezilarli darajada oshgan.



