$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent shahri hokimligi sovuq kunlarda boshpanasiz hayvonlar uchun yordam so‘rab shahar aholisiga murojaat qildi

daydi mushuklar

Toshkent shahri hokimligi sovuq havoda boshpanasiz hayvonlarga komak ko‘rsatish bo‘yicha shahar aholisiga murojaat qildi.

Qishki mavsumda jonivorlarga ko‘proq e’tibor berishga chaqirildi

“Bugundan boshlab kunlar sezilarli darajada salqinlashdi va tez orada salqin havo o‘rnini ayozli kunlar bosadi. Shu sababli, poytaxt aholisi va mehmonlariga yuzlanib, e’tiborlarini qarovsiz kuchuk va mushuklarga qaratmoqchimiz, hoynahoy ular siz yashab turgan hovlida ham bo‘lsa kerak”, — deyiladi murojaatda.

“Imkoningiz va xohishingiz bo‘lsa boshpanasiz jonivorga boshpana yoki ozuqa bering. Shunday qilib, siz kichik, ammo juda muhim bo‘lgan hayotni saqlab qolishingiz mumkin”, — deya ta’kidladi shahar hokimligi.

Haydovchilarga murojaat

Hokimlik haydovchilarga murojaat qilarkan, avtomobillarni o‘t oldirishdan avval uni tekshirib ko‘rishni so‘radi, chunki sovuq havoda jonivorlar issiq boshpana izlab, ko‘pincha mashina g‘ildiraklari va kapotlari ostida yashirinadilar: “Bir muddat shoshmang, mashina atrofini tekshirish uchun bir daqiqa vaqt ajrating”.

Sovuq kunlarda qarovsiz hayvonlarga yordam berishda xavfsizlikni qanday ta’minlash mumkin?

1. Jonivorni tutib olish: Bunda qo‘lqop kiyish tavsiya etiladi. Agar jonivor hurkib ketsa yoki hujumkor bo‘lsa, uni bevosita ushlashdan saqlanib, yumshoq matoni (masalan, eski ko‘ylak yoki sochiq) orqali tutib olishga urining. Jonivor tinchlangandan so‘ng uni ehtiyotkorlik bilan va asta-sekin ko‘taring.

2. Issiq joyga olib borish: Jonivorni iliq, quruq joyga olib boring va uni yopinchiqqa o‘rab qo‘ying. Vaqtincha boshpana uchun karton quti va eski kiyim yoki sochiqlar yaxshi yechim bo‘ladi.

3. Veterinar yordami: Jonivor jarohatlangan yoki kasal bo‘lsa, veterinarga uchrash tavsiya etiladi. Bunda o‘z vaqtida murojaat qilish muhimdir.

4. Xavfsizlikni unutmang: Jonivorlarni qutqarish va ko‘chada olib yurishda o‘zingizning xavfsizligingizni ta’minlang. Hujumkor yoki hurkayotgan (qo‘rquvdagi) jonivorlar bilan ishlashda atrofdagilardan yordam so‘rang.