$
 12786.98
12.0
 13753.68
-160.83
 130.27
0.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Ijtimoiy nafaqalar tug‘ilishning ko‘payishiga olib keladimi?

chaqaloq

Ijtimoiy nafaqalar kam ta’minlangan oilalarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘pchilik moddiy yordam oilalarda tug‘ilish darajasining oshib ketishiga olib keladi deb hisoblaydi, ammo bu stereotip bo‘lib, tadqiqotlar bu fikrni rad etadi.

Stereotipga qarshi faktlar

Sub-Sahara Afrikasi mamlakatlari, jumladan, Zambiya, Keniya, Malavi va Janubiy Afrikada olib borilgan tadqiqotlar nafaqalar tufayli tug‘ilish darajasi oshishini rad etadi. Ushbu davlatlarda ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalarda tug‘ilish sezilarli darajada oshmagan, balki tug‘ish oralig‘i uzaygan va yosh ayollarda homiladorlikning kechikishi kuzatilgan.

O‘smirlarda homiladorlik ko‘rsatkichlari

Janubiy Afrikada o‘tkazilgan tadqiqotlar ijtimoiy nafaqa olgan o‘smirlarning homiladorlik ehtimoli nafaqa olmagan tengdoshlarga qaraganda ancha past ekanini ko‘rsatdi. Bu, nafaqalar yoshlarning turmush rejalashtirish imkoniyatlarini oshirib, farzand ko‘rishni kechiktirishlariga xizmat qilishini bildiradi.

Nafaqalarga qaramlik haqidagi farazlar xato

SSAdagi puxta tadqiqotlar nafaqalar nafaqat tug‘ilishning oshishiga olib kelmasligini, balki aksincha, rejalashtirishib farzand ko‘rishda yordam berishini tasdiqlaydi. Bu esa ijtimoiy nafaqalarga qaramlik oilalarda farzandlar sonini oshirishga olib keladi, degan faraz xato ekanligini ko‘rsatadi.