$
 12675.00
4.95
 13616.75
56.0
 138.36
0.36
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘smirlar qanday sport turi bilan shug‘ullanishi kerak?

Sport

O‘smirlik davri inson hayotidagi eng muhim davrlardan biri hisoblanadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi avvalroq bolalik davrida sport bilan shug‘ullanishning foydalari haqida aytgan bo‘lsa, endi o‘smirlikdagi sport mashg‘ulotlarining afzalliklari haqida ma’lumot berdi.

“12-18 yoshda sport bilan shug‘ullanish muhim”

Ayni ushbu yoshda bolalarda asabiylik kuzatiladi va bu ularning psixologiyasiga yomon ta’sir ko‘rsatadi, ayni shu davrda sport yordamga keladi, deydi mutaxassis. Bu yoshdagi qizlarga aerobika, o‘g‘il bolalarga esa yengil atletika bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.

“O‘tish davri” ancha yengil kechadi

Ayni bolalarning “o‘tish davri” shu yoshga to‘g‘ri keladi, asabiylik va stresslar ko‘payib ketadi. Sport bilan shug‘ullanish esa ularni stressga chidamli bo‘lishiga, ortiqcha hissiyotlarga berilmasliklariga yordam beradi, deydi mutaxassis Barno Odilova.

Bo‘yi o‘smaydigan bolalar uchun eng yaxshi yordam – sport

Agarda bolaning bo‘yi o‘smayotgan bo‘lsa, mikroelementlar hamda vitaminlar yordam berishi bor gap. Shuningdek, sportning ko‘plab turlari, xususan suzish, turnikda tortilish, yugurish, futbol bilan shug‘ullanish ham bu yerda ancha yordam beradi.

Eng muhimi badantarbiya!

Ota-ona o‘z farzandini doim ham ayni biror sport turiga bera olmaydi, shunga qaramay uni sog‘lom saqlash uchun badantarbiyaga yo‘naltirishi mumkin. Tongda qilingan mashqlar yosh organizmni chiniqtiradi, kayfiyatni ko‘tarib, qon aylanishini yaxshilaydi.

Sportni ertaroq boshlagan ma’qul

Qanday sport bo‘lmasin, uni 5-6 yoshdan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, shaxmat va shashkani ham, chunki bu yoshgacha bolalarda bir joyda turolmaslik, asabiylik bo‘ladi. 7 yoshdan boshlab esa, diqqatni jamlash boshlanadi. Xuddi shunday boksga ham 6 yoshdan borgan ma’qulroq, chunki hali suyaklar qotib ulgurmagan bo‘lib, boks elementlariga bemalol moslasha oladi.