Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°
Читать на русском

O‘zbek sportida yilning eng yaxshilari aniqlandi

Bugun, 23-dekabr kuni Toshkent shahrida joylashgan Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida 2024-yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

2 daqiqa o‘qiladi

Parij Olimpiadasi sovrindorlari

Bugun, 23-dekabr kuni Toshkent shahrida joylashgan Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida 2024-yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yilning eng yaxshi sportchisi

Marosimda turli yo‘nalishlarda yilning eng yaxshilari nomi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, ikki karra Olimpiada chempioni, bokschimiz Hasanboy Do‘smatov eng yaxshi erkak sportchi, dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova esa eng yaxshi ayol sportchi sifatida e’tirof etildi. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov esa yilning eng yaxshi yosh sportchisi bo‘ldi.

Barcha g‘oliblar 

“Milliy sport mukofot-2024” taqdirlash marosimida turli yo‘nalishlarda yilning eng yaxshilari deya topilgan barcha g‘oliblarning umumiy ro‘yhati quyidagicha:

Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Abduqodir Husanov (futbol)

Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Asadbek Toshtemirov (para tayekvondo)

Noolimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi: Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi

Noparalimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi: Para shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi

Sport targ‘iboti yo‘lidagi uzoq yillik xizmatlari uchun: Lola Abduyusupova (“Sport” telekanali rejissyori)

Yilning eng faol sport targ‘ibotchisi: Nodir To‘ychiyev

Yilning eng yaxshi sport fotomuxbiri: Almurat Mamadaminov (O‘zA)

Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Marina Yakubova (“Sport” telekanali muxbiri)

Yilning eng yaxshi sport shifokori: Diana Sattarova (Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi)

Yilning eng yaxshi hakami: Zuhra Abdullayeva (og‘ir atletika)

Yuksalayotgan federatsiya: O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi

Yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi: O‘zbekiston tayekvondo WT assotsiatsiyasi

Yilning eng yaxshi para terma jamoasi: Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi

Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi

Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Yahyo Yakubov

Muxlislar mehrini qozongan sportchi: Sitora Turdibekova (boks)

Muxlislar mehrini qozongan para sportchi: Ro‘za Qo‘ziyeva (para pauyerlifting)

Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Nurxon Qurbonova (para yengil atletika)

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Diyora Keldiyorova (dzyudo)

Yil kashfiyoti: Razambek Jamalov (erkin kurash)

Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Husniddin Norbekov (para yengil atletika)

Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Hasanboy Do‘smatov (boks)