$
 12158.59
-39.69
 14238.92
-2.57
 157.88
1.31
weather
+26
Кечаси   +14°

“Moddiy va maʼnaviy zarar uchun 100 mln. soʻm toʻlab berilishini soʻrayman”

Nilufar Sotiboldiyeva

Sud Instagram ijtimoiy tarmog‘ida taniqli teleboshlovchi va suxandon Nilufar Sotiboldiyevaning postiga haqoratli izohlar qoldirgan erkakka nisbatan hukm chiqardi.

Voqea aslida qanday bo‘ldi?

2024-yil 30-iyun kuni Nilufar qizi bilan birga dam olishda olingan videoni Instagram sahifasida e’lon qildi. Ushbu post ostida Navoiy viloyati, Karmana tumanida yashovchi 27 yoshli erkak qo‘pol haqorat va nomaqbul so‘zlar bilan izoh qoldirgan.

Teleboshlovchi bunga javoban o‘z sahifasida mazkur erkakning fotosuratini joylashtirdi. Ammo erkak uzr so‘rash o‘rniga unga bosim o‘tkaza boshladi va postni o‘chirishni talab qildi. Aks holda, teleboshlovchini obro‘sizlantiruvchi yolg‘on fotosuratlarni tarqatish bilan tahdid qildi. Tahdidlarga duch kelgan Nilufar huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishga qaror qildi.

Sud qarori

Sud jarayonida ayblanuvchi izohni "hissiyotlar ta’sirida" yozganini va o‘z harakatlarining oqibatini anglamaganini tan oldi.

Jabrlanuvchi esa yarashishdan bosh tortib, ayblanuvchi uzr so‘ramaganini ta’kidlab, qonuniy jazo tayinlanishini talab qildi. Shuningdek, u yetkazilgan ma’naviy va moddiy zararni qoplashni so‘radi.

Sud ayblanuvchini Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi (haqorat qilish) bo‘yicha aybdor deb topib, unga bir yil davomida ahloq tuzatish ishlari jazosini belgiladi. Bundan tashqari, uning daromadining 10 foizi davlat foydasiga ushlab qolinadi.

Теги :
Jamiyat