Yarim yil ichida soliqdan keladigan tushumlar 11 foizga oshdi
Bu davrda barcha soliq turlari bo‘yicha o‘sish kuzatilgan bo‘lib, eng yuqori o‘sish mol-mulk solig‘iga to‘g‘ri kelgan.
2 daqiqa o‘qiladi

Bu davrdagi soliq tushumlari 85,8 trillion so‘mni tashkil etib, ikkinchi chorakdagi tushumlar esa o‘tgan yilgidan 18,4 foizga ko‘proq.
Ikkinchi chorak natijalari
2024-yilning ikkinchi choragidagi soliqdan kelgan tushumlar 45,5 trillion so‘mga yetdi. Bu haqida soliq qo‘mitasi ma’lumot berib o‘tdi. Bu raqamlar o‘tgan yilning ayni davriga nisbatan 18,4 foizga ko‘proqni tashkil qiladi.
Soliq ko‘rsatkichlari
Bu davrda barcha soliq turlari bo‘yicha o‘sish kuzatilgan bo‘lib, eng yuqori o‘sish mol-mulk solig‘ida – 45 foizlik o‘sish. Ikkinchi o‘rinda aksiz – 36,6 foiz bo‘lsa, uchinchi pog‘onada QQS – 26,5 foiz. Boshqa soliq o‘sishlari quyidagicha:
foyda solig‘i – 9,5 trln so‘m (10,6 foiz);
QQS – 9,4 trln so‘m – (26,5 foiz);
JSHODS – 9,2 trln so‘m – (18,7 foiz);
aksiz solig‘i – 4,6 trln so‘m – (36,6 foiz);
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – 4,1 trln so‘m (16,2 foiz);
yer solig‘i – 2,2 trln so‘m (32,1 foiz);
mol-mulk solig‘i – 1,8 trln so‘m (45 foiz);
AOS – 756,1 mlrd so‘m (1,7 foiz);
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 186,1 mlrd so‘m (0,4 foiz).
Yarim yillik ko‘rsatkichlar
Birinchi chorakda soliq tushumlari 40,3 trillion ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, yarim yillikdagi soliq tushumlari jami 85,8 trillion so‘mga yetmoqda. Bu esa 2023-yilning birinchi yarmidagidan 11,4 foizga ko‘proq degani.



