Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 89 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +10°
Читать на русском

O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilar reytingi tuzildi

2025-yil yanvar oyida O‘zbekiston bo‘ylab 959 ta yirik soliq to‘lovchilar tomonidan jami 8,5 trillion so‘mdan ortiq soliq to‘langan.

2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilar reytingi tuzildi

Statistika agentligi 2025-yil yanvar oyida O‘zbekiston bo‘ylab 959 ta yirik soliq to‘lovchilar tomonidan jami 8,5 trillion so‘mdan ortiq soliq to‘langanini ma’lum qildi.

Davlat ulushi mavjud soliq to‘lovchilar 

Ma’lumotda qayd etilishicha, davlat ulushi mavjud Top-10 yirik soliq to‘lovchilar umumiy hisobda 4,5 trillion so‘m soliq to‘lagan. Ushbu reytingda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 2,08 trillion so‘m soliq to‘lab, birinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi o‘rinda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ 639,1 milliard so‘m to‘lov bilan qayd etilgan. “O‘zkimyosanoat” AJ esa 388 milliard so‘m soliq bilan uchinchi o‘rinni band qilgan. Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ (279,8 milliard so‘m), “Navoyuran” AJ (298,5 milliard so‘m) va boshqa yirik davlat ulushiga ega korxonalar ro‘yxatda yuqori o‘rinlarni egallagan.

Xususiy sektordagi soliq to‘lovchilar

Xususiy sektordagi Top-10 yirik soliq to‘lovchilar esa jami 1,3 trillion so‘m soliq to‘lagan. Ushbu ro‘yxatda “UZBAT” AJ QK 182 milliard so‘m soliq bilan birinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi o‘rinni “ADM Jizzakh” MCHJ (62,2 milliard so‘m) egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda “Epsilon Development Company” MCHJ XK 50,6 milliard so‘m soliq bilan qayd etilgan. Shuningdek, “Kapitalbank” ATB (48 milliard so‘m), “Unitel” MCHJ XK (47,6 milliard so‘m), “Tashkent Tobacco” MCHJ (42,3 milliard so‘m) va boshqa xususiy kompaniyalar ham yirik soliq to‘lovchilar qatoridan joy olgan.