$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Soliq huquqbuzarligi haqida xabar bergan fuqarolarga 18,7 milliard soʻm to‘lab berilgan

Elektron chek

2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida “Soliq hamkor” tizimi orqali 81 236 ta soliq huquqbuzarligi haqida murojaat kelib tushgan. 

Asosiy murojaatlar xarid cheki bermaslik bilan bog‘liq

Ushbu murojaatlarning asosiy qismi, ya’ni 90,9 foizi (73 854 ta), xarid cheki bermaslik holatlari bilan bog‘liq. Shuningdek:

 • 4,5 foizi (3 671 ta) plastik karta orqali to‘lov qabul qilmaslik;

 • 1,2 foizi (174 ta) plastik karta uchun xarid summasini oshirish;

 • Qolgan 4,4 foizi (3 537 ta) boshqa turdagi huquqbuzarliklar haqida bo‘lgan.

Kelgan murojaatlar bo‘yicha 30 843 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, huquqbuzarliklarning 99 foizi tasdiqlandi. Biroq, 44 967 ta murojaat takroriy bo‘lgani yoki tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.

18,7 milliard so‘m to‘lab berildi

Huquqbuzarlik haqida xabar bergan fuqarolarga 28 116 ta holat bo‘yicha jami 18,7 milliard so‘m mukofot to‘landi (undirilgan jarimalarning 20 foizi). Eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi hududlarda qayd etildi:

 • Toshkent shahri: 8 216 ta murojaat, 5,5 milliard so‘m;

 • Samarqand viloyati: 2 655 ta murojaat, 1,9 milliard so‘m;

 • Qashqadaryo viloyati: 1 893 ta murojaat, 1,3 milliard so‘m.