$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yilda Soliq Qo‘mitasiga elektron murojaatlar oqimi oshdi

soliq

2024-yil yanvar-oktyabr oylarida Soliq Qo‘mitasiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 46 999 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 85,3% (40 098 ta) murojaat elektron shaklda bo‘lsa, 9,5% (4 465 ta) og‘zaki va 5,2% (2 436 ta) yozma tarzda amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkichlar Soliq Qo‘mitasining raqamli xizmatlar orqali aholiga qulaylik yaratishga intilayotganini tasdiqlaydi.

Murojaatlarning asosiy yo‘nalishlari:

- Soliqlarni tushuntirish: 26 637 ta murojaat (57,6%)

- Soliqlardan ozod qilish va imtiyozlar berish: 1 922 ta murojaat (4,2%)

- Tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari: 304 ta murojaat (0,7%)

- Tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi qonunbuzarliklar: 378 ta murojaat (0,8%)

- Boshqa masalalar (ma’lumot taqdim etish, ijtimoiy masalalar va minnatdorchiliklar): 17 758 ta murojaat (37,8%)

Murojaatlarning ko‘rib chiqilish holati:

- Hal etilgan: 44 963 ta murojaat (95,7%)

- Tegishli tashkilotlarga yuborilgan: 672 ta murojaat (1,4%)

- Organ ish jarayonida tasdiqini topmagan: 241 ta murojaat (0,5%)

- Ko‘rib chiqilmagan (anonim): 60 ta murojaat (0,1%)

- Muddatida ko‘rib chiqilmoqda: 1 063 ta murojaat (2,3%)

Qayta aloqa xizmati natijalari:

2024-yilda Soliq Qo‘mitasining “Soliq organlari bilan qayta aloqa” axborot tizimi orqali 58 725 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 57 978 tasiga javob berilgan. Ayni vaqtda 747 ta murojaat ko‘rib chiqish jarayonida. Ushbu murojaatlarning 3 531 tasi Soliq.uz saytining “Bizga xabar yuboring” va soliq mobil ilovasining “Xabar yuborish” xizmatlari orqali qabul qilingan.

Hududlar kesimida murojaatlar statistikasining tahlili:

- Toshkent shahri: 15 423 ta murojaat (32,8%)

- Toshkent viloyati: 4 025 ta murojaat (8,6%)

- Samarqand: 3 799 ta murojaat (8,1%)

- Qashqadaryo: 3 822 ta murojaat (8,1%)

- Farg‘ona: 2 738 ta murojaat (5,8%)

- Andijon: 2 534 ta murojaat (5,4%)

- Buxoro: 2 458 ta murojaat (5,2%)

- Surxondaryo: 2 111 ta murojaat (4,5%)

- Namangan: 2 203 ta murojaat (4,7%)

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 1 756 ta murojaat (3,7%)

- Sirdaryo: 1 092 ta murojaat (2,3%)

- Xorazm: 1 617 ta murojaat (3,4%)

- Jizzax: 1 420 ta murojaat (3,0%)

- Navoiy: 1 954 ta murojaat (4,2%)

- Boshqa respublikalardan: 47 ta murojaat (0,1%)

Call-markaz xizmatlari haqida ma’lumotlar:

Soliq Qo‘mitasining Call-markazi yil davomida soliqqa oid savollarga tezkor javob berishga xizmat qilib kelmoqda. 2024-yil oktabr oyida Call-markaz orqali 69 265 ta qo‘ng‘iroq qabul qilingan bo‘lib, bu orqali aholining soliqqa oid bilim darajasini oshirish maqsad qilingan. Toshkent shahridan eng ko‘p – 27 587 ta qo‘ng‘iroq qabul qilingan.

Murojaatlarning xizmat turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

- Interaktiv xizmatlar: 45,5%

- Keshbek: 35,8%

- E-ijara platformasi: 4,6%

- Hisobot shakllarini to‘ldirish va yuborish bo‘yicha: 6,0%

- E-imtiyoz platformasi: 0,8%

- Soliq hamkor: 0,9%

- Soliq qonunchiligi: 6,4%

Soliq to‘lovchi toifalari bo‘yicha murojaatlar:

- Jismoniy shaxslar: 49 482 ta

- Yuridik shaxslar: 17 513 ta

- Yakka tartibdagi tadbirkorlar: 2 170 ta

- Fermer va dehqon xo‘jaliklari: 100 ta