$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

113 ta umumiy ovqatlanish korxonasida 141 nafar ishchi norasmiy ishlayotgani aniqlandi

ovqatlanish korxonalari

Soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida, umumiy ovqatlanish sohasida onlayn – NKTdan foydalanish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazildi. Joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida o‘tkazilgan 1 315 ta nazorat tadbirlarida qator huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Natijada, huquqbuzarlarga nisbatan jami 10,8 mlrd. so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Umumiy ovqatlanish sohasidagi muammolar

– 960 ta holatda xaridorga onlayn-NKTdan 117,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 529,8 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;

– 113 ta holatda 141 nafar norasmiy ishchilar faoliyat yuritayotganligi;

– 63 ta holatda markirovkalanmagan 4,6 million so‘mlik alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi;

– 15 ta holat (nazorat xaridi)da to‘lovlarni jismoniy shaxslarning bank plastik kartochkalariga o‘tkazish orqali amalga oshirilganligi;

– 41 ta holatda foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalarini soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilinmaganligi aniqlangan.

343 ta holatda markirovka talablari buzilgan

Markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi (121 ta dori vositalari va tibbiy buyumlar 114 ta alkogol, 84 ta tamaki, 34 ta maishiy texnika sotuvchilar):

– 343 ta holatda onlayn-NKTdan 32,4 mln. so‘mga chek berilmaganligi hamda 283,2 mln. so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;

– 47 ta holatda markirovkalanmagan 63,4 mln. so‘mlik mahsulotlar savdoga qo‘yilganligi;

– 21 ta holatda 6,3 mln. so‘mlik aksiz markasiz va hujjatsiz alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “U.Sh” MCHJda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvida:

– 31,1 mln. so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda mavjud emasligi;

– 38,9 mln. so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda ortiqchaligi;

– 960,9 mln. so‘mlik 139,4 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlar buxgalteriyada aks ettirilmaganligi;

– 1 507, 4 mln. so‘mlik 199 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlari bo‘yicha ma’lumotlar “Asl belgisi” axborot tizimiga yuborilmaganligi;

– 7 nafar ishchilarning ish haqi summasi hisobotda aks ettirilmaganligi aniqlandi.

Natijada SK 223- va 227 prim 1- moddalariga asosan korxonaga nisbatan 426,7 mln. so‘m moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Yashirin iqtisodiyot o‘zi nima?


Yashirin iqtisodiyot – bu iqtisodiyotning tadbirkorlik faoliyati odatda rasmiy ro‘yxatga olinmagan, soliqqa tortilmaydigan va rasmiy statistika va nazorat doirasidan tashqarida qoladigan turli norasmiy iqtisodiy faoliyatni ifodalovchi iqtisodiyot tarmog‘idir. Norasmiy bandlik, qonuniy bo‘lmagan ish haqi, norasmiy tadbirkorlik, noqonuniy tovarlar va xizmatlar savdosi, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash yashirin iqtisodiyotning eng keng tarqalgan turlaridan.

Bunday harakatlar rasmiy qoidalar va tartiblarni chetlab o‘tadi. Demak, davlat idoralaridan daromadlarni yashirish yoki soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga olib keladigan har qanday tadbirkorlik faoliyatini yashirin iqtisodiy faoliyat deb hisoblash mumkin.