O‘zbekistonda soliq to‘lovchi xorijiy kompaniyalar orasida eng katta ulush Meta, Google va Apple hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
Joriy yilda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 102 milliard so‘m soliq to‘ladi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 61 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yil yanvar-sentyabr oylarida 101,9 mlrd. so‘m soliq to‘langan, deb xabar brmoqda Soliq qo‘mitasi.
Top—10 kompaniya
To‘langan soliqlarning 99,9 %i elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:
Meta - 41,1 mlrd. so‘m;
Google - 26,1 mlrd. so‘m;
Apple - 22,6 mlrd. so‘m;
Amazon - 3,7 mlrd. so‘m;
Вooking.соm - 2,2 mlrd. so‘m;
Zoom - 1,4 mlrd. so‘m;
Netflix - 1,3 mlrd so‘m;
Acca - 1,2 mlrd. so‘m;
Yandex Europe - 1,1 mlrd. so‘m;
Xsolla - 900,3 mln. so‘m.
Soliq to‘lash o‘tgan chorakdankeyingi oyning 20-kunidan kechiktirilmasligi kerak
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 barobar ko‘p.
Ma’lumot uchun, elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.



