$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Xitoyda dunyodagi eng yirik suzuvchi quyosh elektr stansiyasi ishga tushdi

sea solar energy

Xitoyning CHN Energy kompaniyasi Shandun provinsiyasida quvvati 1 gigavatt (GW) bo‘lgan suzuvchi quyosh elektr stansiyasini yakunlab, tarmoqqa uladi, deb xabar bermoqda Reuters nashri. 

Eng birinchi va eng yirik

Ushbu loyiha quvvati 1 GVt bo‘lib, 2934 ta platformaga ega, umumiy maydoni esa 1223 gektarni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun, Monako knyazligi maydoni atigi 208 gektar. CHN Energy 13-noyabrda e’lon qilgan bayonotida ushbu loyihani “dunyoda o‘z turida birinchi va eng yirik” deb atadi.

Suzuvchi quyosh stansiyalarining qanday afzalliklari bor?

Elektr stansiyasi sohilidan 8 kilometr uzoqlikdagi Dunyin shahri yaqinida joylashgan. Elektr energiyasi maxsus suv osti kabellari orqali shaharga yetkazib beriladi.

Suzuvchi quyosh elektr stansiyalarining yerda o‘rnatilgan stansiyalarga nisbatan ikki asosiy afzalligi bor:

• sovuq havo oqimi panellarni sovitib turadi va elektr energiyasi ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi;

• suv yaqinida joylashgani sababli kun davomida harorat o‘zgarishlari kam bo‘ladi, bu esa panellarning ishlash muddatini uzaytiradi.

594,5 ming tonna ko‘mir sarfi kamayadi

Loyihaning yakunlanish muddati hozircha ma’lum emas. Stansiya ishga tushirilgandan keyin yiliga 1,78 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Bu esa 594,5 ming tonna ko‘mir sarfi kamayadi, deganidir.

Xitoy ana shunday stansiyani Zimbabveda ham qurmoqchi

Suzuvchi quyosh elektrostansiyalari xalqaro miqyosda katta qiziqish uyg‘otmoqda. O‘tgan yili China Energy Engineering Corporation, yana bir Xitoy kompaniyasi, Zimbabveda quvvati yana bir 1 gigavatt (GW) bo‘lgan suzuvchi quyosh elektr stansiyasini qurishni taklif qilgan edi. Ushbu loyiha Afrikada, Kariba to‘g‘onida amalga oshiriladi, bu to‘g‘on dunyodagi eng yirik sun’iy ko‘l hisoblanadi. Loyiha qiymati 987 million AQSh dollariga baholanmoqda va Zambezi daryosidagi suv omborida 1,8 million quyosh PV modulini o‘rnatishni o‘z ichiga oladi.