$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Chekma – “kuyasan"!

smoking

O‘zbekistonda, qanday joylarda tamaki mahsulotlarini chekish mumkin emas va bunday holatda javobgarlik qanaqa bo‘ladi?

Chekishni taqiqlash bo‘yicha qonun

2023-yilning mayida kuchga kirgan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan moddalarga ko‘ra, O‘zbekistonning barcha hududlardagi ayni belgilanmagan, ayniqsa jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini chekish taqiqlanadi. Chekish ruxsat etilgan joylar maxsus belgi bilan ko‘rsatilib qo‘yiladi.

Chekish taqiqlangan joylar

Ushbu jamoat joylarida chekish ta’qiqlanadi:

  • savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalarida;
  • kinoteatrlarda, teatrlarda, sirklarda, konsert, ko‘rik va ko‘rgazma zallarida hamda ommaviy dam olish uchun mo‘ljallangan boshqa yopiq inshootlarda;
  • klublarda, diskotekalarda, kompyuter zallarida, Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalarda yoxud boshqa ko‘ngilochar (bo‘sh vaqt o‘tkaziladigan) joylarda;
  • muzeylarda, axborot-kutubxona muassasalarida va ma’ruzaxonalarda;
  • mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlarda, daryo kemalarida, avtobuslarda, metropoliten vagonlarida, taksida, shahar elektr transportida, havo kemalarida, shuningdek jamoat transportining boshqa turlarida;
  • yer osti o‘tish joylarida, metropoliten stansiyalarida, transport bekatlarida va avtotransport vositalari vaqtinchalik saqlanadigan yopiq joylarda;
  • temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, aeroportlar, daryo bandargohlari, metropoliten stansiyalariga kirish joyidan kamida besh metr masofada bo‘lgan ochiq havodagi joylarda;
  • yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida;
  • aeroportlarning, temir yo‘l va avtomobil vokzallarining, daryo bandargohlarining binolarida;
  • korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va davlat organlarining binolarida, shu jumladan ish joyida, yo‘laklarda, liftlarda, zinapoyalarda, vestibyullarda, hojatxonalarda, dam olish xonalarida, ularga tutash xonalarda va xodim tomonidan mehnat faoliyati vaqtida foydalaniladigan shunga o‘xshash boshqa joylarda;
  • sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarida, dorixonalarda, ta’lim tashkilotlarida, madaniyat muassasalarida, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida, sanatoriy muassasalarida va tibbiy-ijtimoiy muassasalarda;
  • uy-joy xizmatlari, mehmonxona xizmatlari, vaqtinchalik joylashtirish va (yoki) vaqtinchalik yashab turishni ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan xonalarda;
  • ko‘p kvartirali uylarning yo‘laklari va liftlarida, shuningdek bolalar va sport maydonchalarida, shu jumladan uylarga tutashgan hududda joylashgan maydonchalarda;
  • xiyobonlarda, bog‘larda, plyajlarda.

Ushbu qonunni buzgandagi javobgarlik

Belgilangan joylarda chekmaganlik hamda yuqoridagi joylarda chekish javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ushbu huquqbuzarlik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 56(prim -1) moddasiga tortilishga olib keladi hamda eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdoridagi jarimaga sabab bo‘ladi.