Endi smartfonlarda devor ortini ham ko‘rish mumkin bo‘ladi
Janubiy Koreyada smartfonni cho‘ntak skaneriga aylantirishi mumkin bo‘lgan chip ishlab chiqildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada smartfonni cho‘ntak skaneriga aylantirishi mumkin bo‘lgan chip ishlab chiqildi. Bu haqda Interesting Engineering nashri xabar berdi.
Skanerlash chuqurligi — 2,5 santimetr
Ushbu chip narsa-buyumlar va ularning tuzilishini to‘siq, masalan, devor ortidan ko‘rish imkonini beradi. Bunday qurilma bilan jo‘natmalarning ichida nima borligini ko‘rish mumkin. Skanerlash chuqurligi — 2,5 santimetr.
Skanerlash chuqurligi 12 santimetrgacha yetishi mumkin
Ishlanma mualliflari chipning keyingi talqinlarida skanerlash chuqurligini 12 santimetrgacha yetkazishmoqchi. Yangi texnologiya maishiy vaziyatlar bilan bir qatorda, tibbiyotda ham qo‘l kelishi mumkin.
Bu inson salomatligiga ziyon keltiradimi?
Chip 300 GGs chastotada ishlovchi uchta transverdan tashkil topgan. Ular inson salomatligi uchun beziyon va ko‘zga ko‘rinmaydigan millimetrli diapazonda signal tarqatadi. Chip uchun hech qanday optik elementlar kerak emas, bu esa uni mobil qurilmalarda tatbiq etishni osonlashtiradi.



