Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 94 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

Telefon funksiyasi yo‘q smartfon ishlab chiqarildi

Hech kim bilan gaplashib bo‘lmaydigan telefonlar nega kerak?

1 daqiqa o‘qiladi

Telefon funksiyasi yo‘q smartfon ishlab chiqarildi

NotebookCheck xabar berishicha, Xitoyda g‘ayriodatiy smartfon ishlab chiqarildi.

Uning g‘ayriodatiyligi shundaki Xreal Beam Pro deb nomlangan bu qurilma ko‘rinishidan zamonaviy smartfonni eslatsa-da, unda telefon funksiyasi yo‘q, ya’ni unda hech kim bilan gaplashib bo‘lmaydi.

Bu qurilma “AR-terminal”

Ishlab chiqaruvchi qurilmani “AR-terminal”, deya tavsifladi. Oddiy aytganda, bu ulangan AR-ko‘zoynakka tasvirlarni uzatuvchi TV-pristavka. Beam Pro yordamida 3D-ilovalarni ishga tushirish, o‘yinlar o‘ynash va seriallar tomosha qilish mumkin, hammasi ko‘zoynak linzalarida aks etadi.

Smartfonning tuzilishi

Qurilmaning ort panelida ikkita kamera 50 mm masofada joylashtirilgan, ularning yordamida keng 3D-foto va video olib, so‘ngra ko‘zoynakda ko‘rish mumkin.

Shunga o‘xshash funksiya iPhone 15 Pro va Apple Vision Pro bog‘lamida amalga oshirilgan.

Telefonlarning narx qanday?

Xreal Beam Proda ikkita USB-C bor: biri — quvvatlash uchun, ikkinchisi — AR-ko‘zoynakka bog‘lanish uchun.

Xreal Beam Pro narxi: 1299 yuan (183 dollar atrofida) — 6+128 GB. 5Gni qo‘llovchi model avgustda chiqadi, uning narxi: 1999 yuan (280 dollar atrofida). Qurilma keyinchalik Xitoydan chetda ham sotilishi aytilmoqda.