$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekiston yil boshidan buyon 4 millionga yaqin smartfon import qildi

Telefonlar

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga qariyb 3,8 million dona mobil telefon import qilingan. Bu koʻrsatkich 2023-yildagi umumiy hajmdan ham oshib ketgan.

Eng katta importchi – Xitoy

Mobil telefonlarning asosiy qismi anʼanaviy ravishda Xitoydan import qilindi. Ushbu mamlakatdan yil boshidan buyon 3,1 million dona telefon keltirilgan boʻlib, ularning 1 millioni kuz oylariga toʻgʻri kelgan.

Ikkinchi oʻrinda Vyetnam joylashgan

Ushbu davlatdan 535,5 ming dona telefon olib kelingan. Ulardan 130 ming dona qurilma kuz oylarida import qilingan. Taqqoslash uchun, faqatgina avgust oyida Vyetnamdan 66 ming dona telefon import qilingan edi.

Qolgan ulushlar qaysi davlatlarga tegishli?

Hindiston uchinchi oʻrinni egallab, ushbu mamlakatdan 110,7 ming dona telefon olib kirildi. Ularning 40,4 mingtasi soʻnggi uch oyda import qilingan.

Shuningdek, Gonkongdan olib kelingan telefonlar soni sezilarli oshdi. Sentyabr noyabr oylarida ushbu davlatdan 36,2 ming dona telefon import qilingan. Bu yanvar avgust oylaridagi 7 ming donalik koʻrsatkichga nisbatan bir necha barobar koʻpdir.

Yil davomida boshqa mamlakatlardan jami 5 ming dona koʻproq telefon import qilindi.

2023-yilda ham TOP-3da shu davlatlar bo‘lgan

2023-yilda importning 90 foizdan ortigʻi Xitoyga toʻgʻri kelgan boʻlsa, Vyetnam va Hindiston ushbu roʻyxatda ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan.

Mutaxassislarning fikricha, Oʻzbekistonga olib kelinayotgan mobil telefonlar sonining ortishi mamlakatda raqamli texnologiyalar va mobil aloqaga boʻlgan talabning yuqoriligi bilan izohlanadi.

Теги :
Jamiyat