Farg‘onalik ayol qizining o‘qituvchisini pichoqladi
Bunga sabab qilib esa uning 2-sinfda o‘qiydigan qiziga maktab o‘qituvchilarining shilqimlik qilganligini ko‘rsatgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Bunga sabab qilib esa uning 2-sinfda o‘qiydigan qiziga maktab o‘qituvchilarining shilqimlik qilganligini ko‘rsatgan.
Onaning ayblovi to‘g‘rimi?
Farg‘ona shahridagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar ko‘z o‘ngida ayol 2-sinfda o‘qiydigan qiziga o‘qituvchilar shilqimlik qilganligini aytib, ularni og‘ziga kelgan so‘zlar bilan janjal ko‘tarib, haqorat qilgan.
Bu ayol maktabning erkak o‘qituvchilariga shunday ayb qo‘ygan.
Bu tuhmat birinchi marta aytilishi emas
Ayol bundan oldim ham yaqin qarindoshlari, ya’ni, jiyani va 2-turmush o‘rtog‘iga nisbatan ham go‘dak qizining nomusi bilan bog‘liq beo‘xshov harakatlar qilganlikda ayblar qo‘ygan.
Bu holat sud majlisida tekshirilgan va xulosaga ko‘ra, ayol tuhmat qilgan bo‘lib chiqdi.
O‘qituvchiga pichoq bilan jarohat ham yetkazgan
Ayol maktabga kelish chog‘ida o‘zi bilan pichoq ham olib kelgan edi. Bu sovuq qurol bilan esa qizining sinf rahbariga tan jarohatlari ham yetkazgan.
Bundan tashqari, jismoniy tarbiya o‘qituvchisini ham do‘pposlaganligi bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Ayolga nisbatan qamoq jazosi qo‘llanilgan
Mazkur holat jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida ko‘rib chiqilgan va 5 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilgan.



