$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Sinvarning halokati mojaroni tugatishdagi birinchi qadam(mi?)

Sinvar

Amerikalik ekspertlar fikriga ko‘ra, Hamas yetakchisi Sinvarning yo‘q qilinishi 7-oktyabrdan beri davom etayotgan mojaroda burilish nuqtasi bo‘ladi

Netanyaxuning radikal pozitsiyasi o‘zgarishi ehtimoli bor

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Sinvar Isroilga qarshi maxsus operatsiyaning asosiy tashkilotchisi hisoblanib, muzokaralarni boshlash bo‘yicha qat’iy pozitsiyani egallagan (Isroil bilan kelishuvlarga qarshi chiqqan). Bu fonda Hamasning yangi rahbarlari muloqotga ochiqroq bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, Isroil uchun Sinvarning o‘ldirilishi adolat ramzi sanalib, mavjud harbiy dinamikaga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Netanyaxuning radikal pozitsiyasi o‘zgarishi ehtimoli bor: ya’ni u harbiy aksiyalardan ko‘ra ko‘proq tinchlik o‘rnatish va garovdagilarni qutqarish bo‘yicha muzokaralarga e’tibor qaratishi taxmin qilinmoqda.

Birinchi qadam

Shunga qaramay, Tel-Aviv Sinvarning ehtimoliy vorisiga nisbatan qanday siyosat yuritishi noma’lum. Isroilliklar Hamasga qarshi urushni davom ettiradimi yoki tuzilmani saqlagan holda tinchlik o‘rnatish masalasi javobsiz qolmoqda. Ayni vaqtda, Sinvar halokati – urush yakuniga olib kelmasa-da, mojaroni tugatishdagi birinchi qadam bo‘lishi mumkin. Vashingtonning BAA va Isroil bilan muzokaralari G‘azoda yangi siyosiy voqelikni shakllantirishi mumkin. Biroq, bu borada Falastin muxtoriyati pozitsiyasi o‘ta muhim.

Ekspertlarga ko‘ra, Sinvarning yo‘q qilinishi 2 ta xilma-xil ta’sirga ega: bir tomondan, bu voqea butun mojaroni to‘xtatishi hamda mintaqadagi mavjud siyosiy dinamikani o‘zgartirishi mumkin bo‘lsa, ikkinchi tomondan, geosiyosiy noaniqlik paydo bo‘lyapti.