$
 12736.48
-21.17
 14193.53
-74.63
 137.60
-0.45
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi texnologiyalar dunyo bo‘ylab kumushga bo‘lgan talabni kuchaytirmoqda

silver kumush

Dunyo bo‘ylab kumushga talab tobora ortib bormoqda. Chunki yangi texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishda kumushdan faol foydalanilmoqda. Ayniqsa, elektronika, quyosh panellari va boshqa ilg‘or texnologiyalar uchun kumush muhim metall hisoblanadi.

Bu yil kumush taqchilligi yanada kuchayishi mumkin

2023-yil yakunida global miqyosda 830,5 million unsiya kumush ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bozor taqchilligi 15,4 foizni tashkil etdi. Bu o‘z navbatida 2024-yilda taqchillikning 17,7 foiz ga yetishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Kumushning yetishmovchiligi uning narxiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

MDHda kumush qazib olish bo‘yicha yetakchilar

Sputnik taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, MDH davlatlari orasida Rossiya kumush ishlab chiqaruvchi eng yirik davlat hisoblanadi. 2023-yilda Rossiya 39,8 million unsiya kumush ishlab chiqardi, bu esa MDH davlatlaridagi umumiy ishlab chiqarishning 57,3 foizini tashkil etadi.

Qozog‘iston kumush ishlab chiqarish bo‘yicha MDHda ikkinchi o‘rinda turadi. Mamlakatda yil davomida 16,6 million unsiya kumush qazib olingan, bu umumiy hajmning 23,9 foizini tashkil qiladi.

O‘zbekiston esa 3-o‘rinda

O‘zbekiston esa MDH bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallaydi. 2023-yilda mamlakat 8,8 million unsiya kumush ishlab chiqardi, bu esa umumiy ishlab chiqarishning 11,1 foizni tashkil etadi.

Boshqa davlatlar esa 4,4 foiz miqdorida ishlab chiqarishga hissa qo‘shmoqda, Armanistonning hissasi esa 3,3 foizini tashkil qilmoqda.

Kumush qanday olinadi?

Kumush qazib olish va ishlab chiqarish bir necha turli jarayonlardan o‘tadi. Kumushning asosiy qismi mis bilan birga qazib olinadi – bu umumiy ishlab chiqarishning 40,5 foizini tashkil qiladi. Keyingi o‘rinda oltin bilan birga qazib olingan kumush bo‘lib, uning hissasi 16,1 foizni tashkil etadi. Sof shakldagi kumush esa 23,8 foiz ulushga ega.

Taqchillik sabab kumushga talab ko‘payishi prognoz qilingan edi

Avvalroq Silver Institute va Metals Focus hamkorlikda taqdim etgan prognozlarga ko‘ra, 2024-yilda sanoat sektori hisobidan kumushga bo‘lgan talab sezilarli darajada o‘sib, yangi yillik rekordga yetadi. Bunga qaramasdan, global ta’minot yetarli darajada oshmagani sababli kumush bozorida taqchillik davom etadi. Prognozlarga ko‘ra, kumush qazib olish hajmi 1,02 milliard unsiyaga yetishi kutilmoqda, bu 3 foizga o‘sishni anglatadi. Shunga qaramay, bozor taqchilligi davom etib, 176 million unsiyaga tushishi mumkin. Ushbu taqchillik kumush narxlariga ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin.