$
 12692.42
100.85
 14511.24
-34.54
 158.44
4.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Sun’iy intellekt 160 mingdan ortiq virusni aniqladi

si

Sun’iy intellektdan foydalangan holda xalqaro tadqiqotchilar guruhi RNK viruslarining 161 979 ta yangi turini aniqladi. Mualliflarning fikricha, bu tadqiqot Yerdagi hayot shakllari xaritasini sezilarli darajada yaxshilaydi va boshqa millionlab viruslarni aniqlashga yordam beradi.

“Bu bitta tadqiqotda topilgan yangi virus turlari. Tadqiqot viruslar haqidagi bilimimizni sezilarli darajada kengaytiradi”, – deb ta’kidladi mutaxassislar.

RNK viruslarining atmosfera, issiq va gidrotermal buloqlarda yashashi aniqlandi

RNK viruslari butun dunyo boʻylab ekstremal muhitda topiladi va global ekotizimlarda asosiy rol oʻynashi mumkin. Tadqiqot davomida olimlar ular atmosfera, issiq va gidrotermal buloqlarda yashashini aniqladilar.

“Ekstremal muhitlarda shunchalik ko‘p turdagi viruslarning mavjudligi ularning ajoyib xilma-xilligi va eng og‘ir sharoitlarda yashashga bo‘lgan qobiliyatini yana bir bor namoyon etadi, bu esa bizga viruslar va boshqa ibtidoiy hayot shakllarining qanday paydo bo‘lganligi haqida tushunchalar beradi,” – dedi professor Edvard Xolms.