$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda bir qizga tegajogʻlik qilgan santexnik qamaldi

santexnik

Toshkentda unitazni tuzatish uchun kelgan santexnik uydagi qizga shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda darakchi.uz xabar berdi.

Holat aslida qanday bo‘lgan?

Ma’lum qilinishicha, S.B. (qiz bola) joriy yilning 9-avgust kuni Yunusobod tumani IIO FMBga murojaat qilib, elektrik A.J. unga shahvoniy shilqimlik qilib, koʻkragiga teginib, tegajogʻlik qilganini, aytgan. Qiz unga qarshilik koʻrsatib, "tegmang, nima qilyapsiz?", deganida erkak uning tanasi yoqishini aytgan, shu sababli unga chora koʻrishni soʻragan.

Yengillik berish soʻraldi

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, A.J.ga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mazkur sud ishi JIB Yununosobod tumani sudida koʻrib chiqilgan.

Sud majlisida A.J. fuqaro T.D. ning iltimosiga koʻra borib, santexnika ishlarini bajarganligini, uyda uning nevarasi S.B. boʻlganligini, uning bir oʻzi unitazni tuzatishga qiynalganligini va undan yordam soʻraganini, shundan soʻng u bilan qoʻl silkishib xayrlashganini ma’lum qilgan. Sudda u ayolga nisbatan hech qanday shilqimlik qilmaganini bayon qilib, unga nisbatan yengillik berilishini soʻragan.

5 sutka ma’muriy qamoq

Sud hukmiga koʻra, A.J. MJtKning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.