$
 11783.47
-14.45
 13688.86
-51.0
 139.70
1.7
weather
+26
Кечаси   +14°

Mirziyoyev ShHTni 2040-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha yangi konsepsiya taklif qildi

Sh. Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida nutq so‘zlab, tashkilotning uzoq muddatli rivojlanishiga oid yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Davlat rahbari, avvalo, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovga sammitni yuqori darajada tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, qirg‘iz xalqini davlat suverenitetining 35 yilligi bilan tabrikladi.

ShHTning 25 yillik faoliyati

Shavkat Mirziyoyev ShHT tashkil etilganiga 25 yil to‘lganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, tashkilot o‘tgan chorak asr davomida o‘zining zarurligi va samaradorligini namoyish eta olgan. O‘zbekiston ShHTni ochiq, bloklardan xoli va tinchliksevar hamkorlik platformasi sifatida rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlab kelayotgani ta’kidlandi. Prezident xalqaro maydonda geosiyosiy bo‘linish, ishonch taqchilligi va mojarolar kuchayib borayotganiga e’tibor qaratdi. Ayniqsa, Yaqin Sharqdagi vaziyatdan xavotir bildirdi.

“Biz mintaqada muloqotni qayta tiklash va keskinlikni yumshatishning qat’iy tarafdorimiz”, — dedi Prezident.

ShHT-2040 konsepsiyasini ishlab chiqish taklifi

Davlatimiz rahbari tashkilot oldida turgan bugungi dolzarb masalalar bilan bir qatorda, ShHTning uzoq muddatli rivojlanish yo‘nalishlarini ham belgilab olish kerakligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston “ShHT — 2040: umumiy taraqqiyot makoni” konseptual qarashini ishlab chiqishni taklif qildi. Ushbu konsepsiyaning asosiy maqsadi investitsiyalar, texnologiyalar va bilimlar erkin almashiladigan, yirik infratuzilma hamda sanoat loyihalari amalga oshiriladigan, davlatlar, biznes va aholi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar kengayadigan o‘zaro bog‘liq va barqaror makonni shakllantirishdan iborat bo‘lishi kerak.

Prezident ShHT mamlakatlarining ulkan inson, tabiiy, ishlab chiqarish va intellektual salohiyati, eng avvalo, aholi farovonligini oshirishga yo‘naltirilishi lozimligini qayd etdi.