Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +20° kechasi +9°

Xitoyliklar Samarqand va Jizzaxda kuchli shamol elektr stansiyalarini quradi

Investor har bir loyihani amalga oshirish uchun 250 million dollar ajratadi.

1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyliklar Samarqand va Jizzaxda kuchli shamol elektr stansiyalarini quradi

Prezident 7-maydagi qarori bilan Samarqand va Jizzax viloyatlarida ikkita shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya shartnomalari tasdiqlandi.

500 MVt lik shamol elektr stansiyalari

Xitoyning Universal Energy kompaniyasi Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasini quradi.

18 million dollarlik kafolat

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25-yanvar kuni Xitoyning Universal Energy kompaniyasi bilan investitsiya shartnomalari imzolangandi. Loyihalar uchun pudratchilar Universal Energyning shu’ba koxonalari — Peak Wind Alpha va Peak Wind Beta bo‘ladi. Loyiha uchun garov sifatida ular chet el bankidan umumiy qiymati 18 million dollarlik kafolatlar bergan.

Har biri uchun 250 million dollar

Har bir loyiha doirasida 250 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyalari va havo elektr uzatish tarmoqlari qurilishi rejalashtirilgan. Investor har bir loyihani amalga oshirish uchun 250 million dollar ajratmoqchi.

“O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati 25 yilga shamol elektr stansiyalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib oladi.