$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

AQSh jamoasi tarkibida dona suradigan o‘zbek qizi vatan jamoasiga qaytadimi?

Gulruhbegim Tohirjonova

Gulruhbegim Tohirjonova Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida Amerika Qo‘shma Shtatlari ayollar jamoasi safida dona surib, sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi. Unga O‘zbekistonga qaytish taklifi berilganmi?

45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 

Kuni kecha Budapesht shahri mezbonlik qilgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi yakunlandi. Unda 11 uchrashuvdan 10 g‘alaba va 1 ta durang qayd etgan Hindiston terma jamoasi Shaxmat Olimpiadasi chempionligini qo‘lga kiritdi. Olimpiadaning kumush medallari AQSh, bronza medallari esa O‘zbekiston terma jamoasiga nasib etdi. Ayollar o‘rtasidagi musobaqada ham Hindiston terma jamoasi chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi. Hindlar Butunjahon shaxmat Olimpiadasida oltin dubl qayd etishdi. Qozog‘iston terma jamoasi kumush, tarkibida asli o‘zbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova bo‘lgan AQSh shaxmatchi qizlari bronza medali bilan taqdirlanishdi.

Gulruhbegimga O‘zbekistonga qaytish taklifi berilgan

Tabiiyki, o‘zbek shaxmati muhlislarida Gulruhbegim Tohirjonova vatan terma jamoasiga yana qaytarmikan, Toshkent mezbonlik qiladigan musobaqada tobora o‘sib borayotgan yollar jamoamiz tarkibi Tohirjonova bilan yanada kuchayarmikan, degan savollar qayta paydo bo‘la boshladi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbari Alisher Sa’dullayev ham bu masalaga to‘xtalib, quyidagicha fikr bildirdi:

Gulruhbegimning o‘ziga ham, yaqinlariga ham O‘zbekistonga qaytish taklifini berganmiz. Albatta, uning yurtga qaytish niyati bor, deb o‘ylayman. Gulruhbegim O‘zbekistonga kerak, chunki uning yaxshi salohiyati bor. U 2026-yilda O‘zbekiston safida Olimpiadada ishtirok etsa, juda xursand bo‘lardik.

Gulruhbegim Tohirjonova haqida

Qayd etish joizki, Gulruhbegim Tohirjonova 2021-yildan buyon AQSH milliy terma jamoasi sharafini himoya qilib keladi. U bungacha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblangan, ammo o‘sha vaqtdagi rahbariyat bilan yuzaga kelgan nizo sabab u terma jamoamizni tark etgan. O‘tgan yili Gulruhbegim Tohirjonova AQSh shaxmat federatsiyasi tomonidan yilning "Eng yaxshi ayol shaxmatchisi" deb topilgan.