FIDE reytingi yangilandi: O‘zbekistonlik besh nafar shaxmatchi top 100 likda
Jahon shaxmat federatsiyasi iyun oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Eng kuchli shaxmatchilar reytingidan Rustam Qosimjonov ham o'rin olgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon shaxmat federatsiyasi iyun oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Eng kuchli shaxmatchilar reytingidan Rustam Qosimjonov ham o'rin olgan.
O‘zbekistonlik shaxmatchilar reytingi
Jahon shaxmat federatsiyasining rasmiy reytingida ayni payt Nodirbek Abdusattorov 6-o‘rinda qayd etilgan. U avvalgi o‘rnidan bir pog‘ona pastladi. Javohir Sindorov esa 54-o‘ringa ko‘tarildi. U o‘tgan reytingda 60-o‘rinda qayd etilgandi. Bundan tashqari, eng kuchli shaxmatchilar reytingidan Rustam Qosimjonov (43-o‘rin) ham o‘rin olgan. May oyi yakunlariga ko'ra kuchli 100 likni tark etgan Nodirbek Yakubboyev ushbu oyda 84-o‘rinda qayd etildi. Uzchess Cup turnirida muvaffaqiyatli qatnashgan yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi eng kuchli 100 shaxmatchilar kiritilgan reytingdan joy oldi. 2643 reyting ochkosiga ega shaxmatchi Shamsiddin Vohidov FIDE reytingining 95-o‘rinda qayd etilgan.
Yoshlar o‘rtasidagi reyting
Bundan tashqari, Nodirbek yoshlar o‘rtasidagi rasmiy reytingda 1-o‘rinda qayd etilgan. Yana bir hamyurtimiz Javohir Sindorov ushbu reytingda 6-pog'onani o'ziniki qilib turibdi. Ma’lumot o'rnida, bundan avvalroq mukofot jamg‘armasi 166 ming AQSH dollarini tashkil etadigan “Uzchess Cup” turnirida Nodirbek Abdusattorov ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.



