Sentyabr oyida 71,6 ming nafar talaba bilan ijara shartnomasi tuzildi
Soliq qo‘mitasi “E-Ijara” axborot tizimi orqali soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari haqida ma’lumot berdi.
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq qo‘mitasi “E-Ijara” axborot tizimi orqali soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 339,6 ming ijara shartnomasi asosida 354 mlrd. so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 16,8% va hisoblangan daromad solig‘i summasi 20,5 %ga oshgan.
Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomasi
Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 145,7 ming ijara shartnomasi asosida 162,5 mlrd. so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 18,2 % va hisoblangan soliq summasi 21,9 %ga oshgan.
Ijara shartnomasi tuzgan talabalar
Talabalar bilan 71,6 mingta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 108 782 nafarni tashkil etdi.
Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 47,1 mlrd. so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
May oyidagi ko‘rsatkichlar
Joriy yilning 1-may holatiga soliq organlarida 400 272 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.
Jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan ijara shartnomalari
Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 285,9 mingdan ortiq ijara shartnomasi asosida 118,3 mlrd. so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 25,9 % va hisoblangan daromad solig‘i summasi 28,4 %ga oshgan.
Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 114,3 mingdan ortiq ijara shartnomasi asosida 61,4 mlrd. so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 35,5% va hisoblangan soliq summasi 49 %ga oshgan.
Ijarada turuvchi talabalar soni 107 267 nafar
Talabalar bilan 69,9 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 107 267 nafarni tashkil etdi.
Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 27 mlrd. so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.



