$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Shomurodov Rimda qoladi(mi?)

Shomurodov

Insayder Fabritsio Romano Tvitter'dagi sahifasida xabar berishicha, Italiyaning “Roma” futbol klubi o‘zbekistonlik hujumchi, mamlakat terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov bilan kelishuvni uzaytirishga yaqin turibdi.  

Yangi shartnoma

Manbaning yozishicha, O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi Rim klubi bilan 2027-yilgacha bo‘lgan yangi shartnoma imzolaydi. “Tomonlar kelishuvga yaqin. Klub direktori Gisolfi shartnoma shartlari masalasida futbolchining vakillari bilan muzokara olib bormoqda”, - deyiladi insayder Fabritsio Romanoning xabarida. Amaldagi kelishuv ushbu mavsumdan keyin yakunlanishi kerak edi.

Shoma va "Roma"

Shomurodov joriy mavsum A Seriyada 3 o‘yinda qatnashib, bitta golga mualliflik qildi. Shu kunga qadar qayd etilgan umumiy natijalarga ko‘ra esa hujumchi "Roma" tarkibida 53 o‘yinda qatnashib, 7 gol va 6 assist qayd etgan. Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, Eldorning Rim klubidagi yillik maoshi 2 million yevroni tashkil etadi. 

Shomurodovning professional karerasi

Shomurodovning professional karerasi "Mash’al" klubida boshlangan, keyinchalik "Bunyodkor"da o‘ynagan. 2017-yilda u Rossiyaning "Rostov" klubiga ko‘chib o‘tdi va u yerda o‘zining to‘purarlik salohiyatini ko‘rsata boshladi. Xuddi shu davrda Eldor Yevropa klublarining diqqatini tortdi. 2020-yilda Eldor Shomurodov Italiyaning "Jenoa" klubiga o‘tdi va shu orqali Yevropaning kuchli ligalaridagi ilk qadamlarini qo‘ydi. Keyinchalik, 2021-yilda u "Roma" klubiga ko‘chib o‘tdi, Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynab, u yerda ham o‘zini ko‘rsata oldi.

Terma jamoa

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida debyut o‘yinini 2015-yil 3-sentyabrda, Yamanga qarshi JCH-2018 saralash o‘yinida o‘tkazgan. Shomurodov tezda jamoaning yetakchi hujumchisiga aylanib, jamoadagi asosiy figuralardan biriga aylandi. Eldor Shomurodov 2019-yilgi Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasining yetakchilaridan biri bo‘lib, 4 ta gol urgan. Shomurodov milliy jamoada nafaqat to‘purar sifatida, balki o‘yinni qurish, partnyorlariga imkoniyat yaratish va jamoaviy o‘yinda ishtirok etish qobiliyati bilan ham ajralib turadi.