Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +6°

Endi “РВП” olish uchun Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bilan nikohdan oʻtishning oʻzi kifoya qilmaydi

Vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (РВП) va doimiy yashash uchun ruxsatnoma (ВНЖ) olish shartlari oʻzgardi.

2 daqiqa o‘qiladi

Endi “РВП” olish uchun Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bilan nikohdan oʻtishning oʻzi kifoya qilmaydi

Vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (РВП) va doimiy yashash uchun ruxsatnoma (ВНЖ) olish shartlari oʻzgardi. Bu haqda GUVN IIV o'zining rasmiy Telegram sahifasida ma'lum qildi.

Yangi shartlar qanday?

Qonundagi soʻnggi oʻzgarishlarga koʻra, “РВП” olish uchun “ЗАГС”dan oʻtilganiga uch yil toʻlgan boʻlishi kerak yoki nikohda tug’ilgan umumiy farzand boʻlishi zarur. 

“РВП” olmay birdan “ВНЖ”, ya’ni doimiy yashash ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun chet el fuqarosining rasmiy nikohi, qolaversa Rossiya fuqarosi boʻlgan va doimiy ravishda Rossiyada yashaydigan farzandi boʻlishi zarur. Agar chet el fuqarosining Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bilan rasmiy nikohi yoʻq boʻlsa, unda sud orqali uch yildan kam blmagan muddat davomida oila boʻlib yashayotganliklari tasdiqlanishi kerak. Sud orqali tasdiqlansagina “ВНЖ” berilishi uchun asos boʻladi, deyiladi Rossiya IIVning ma’lumotida.

Shuningdek, agar ota-onalar oʻrtasida nikoh roʻyxatga olinmagan boʻlsa, “ВВНЖ” olish uchun ularning birga kamida uch yil yashab kelayotganini sud tasdiqlab berishi kerak. Agar rasmiy nikoh bekor qilingan boʻlsa, nikohning bekor qilinganligi, ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki otalikka oid yozuvni bekor qilish holatida avval berilgan “РВП” va “ВНЖ” bekor qilinadi va chet el fuqarosi Rossiya Federatsiyasi hududini tark etishi zarur.

Oʻzgarish yuz bermagan toifalar

 Rossiya IIV oʻzining tushuntirishida “РВП” va “ВНЖ” olish uchun asoslar roʻyxati faqat Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bilan nikohdan oʻtish bilan cheklanmasligini, shuningdek, Rossiyaga koʻchib oʻtayotgan vatandoshlar holati salbiy tomonga o’zgarmaginini eslatgan.

“Oʻzgarish yuz bermagan toifalar, ayniqsa, Belarus, Moldova, Qozogʻiston va Ukraina fuqarolari, shuningdek, vatandoshlarni Rossiyaga koʻchib kelishi davlat dasturi ishtirokchilari, jumladan, repatriantlardir”, - deb xabar bermoqda vazirlik.