Dunyoning yashash uchun eng qimmat shaharlari
Economist Intellegence Unit (EIU) 2023-yil uchun dunyo bo‘ylab yashash qiymati indeksini e’lon qildi.
2 daqiqa o‘qiladi

Economist Intellegence Unit (EIU) 2023-yil uchun dunyo bo‘ylab yashash qiymati indeksini e’lon qildi. Unga ko‘ra Singapur va Syurix birgalikda yashash uchun dunyodagi eng qimmat shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Singapur va Shveysariya
Singapur 2022-yilda Nyu-York bilan birgalikda ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallagan edi. Syurix oltinchi o‘rindan birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Uning ko‘tarilishi Shveysariya frankining mustahkamlanishi, shuningdek, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlari va dam olish uchun yuqori narxlar bilan bog‘liq. Nashr, shuningdek, bu ikki shaharda yo‘l-transport va kiyim-kechak uchun narxlarning yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Kuchi o‘nlik qanday?
Nyu-York 2023 yilgi ro‘yxatda uchinchi o‘ringa tushib ketdi, ikkinchi o‘rindan Shveysariyaning boshqa bir shahri — Jeneva joy oldi. AQSHning yana ikki shahri (Los-Anjeles va San-Fransisko) hamda Gonkong, Parij, Kopengagen va Tel-Aviv shaharlari kuchli o‘ntalikdan joy oldi.
Indeks o‘lchovi
Yillik indeks dunyoning 173 shahrida oziq-ovqat, kiyim-kechak, ijara yoki transport kabi 200 dan ortiq kundalik mahsulot va xizmatlar narxlarini taqqoslaydi. Tadqiqotga kiritilgan shaharlardagi narxlar Nyu-Yorkniki bilan taqqoslanadi. Bunda Nyu-Yorkning indeksi 100 ga teng deb hisoblanadi.
2022-yildagi dunyoning eng qimmat 10 ta shaharlari:
Singapur — 1;
Nyu-York, AQSH — 1;
Tel-Aviv, Isroil — 3;
Gonkong, Xitoy — 4;
Los-Anjeles, AQSH — 4;
Syurix, Shveysariya — 6;
Jeneva, Shveysariya — 7;
San-Fransisko, AQSH — 8;
Parij, Fransiya — 9;
Kopengagen, Daniya — 10;
Sidney, Avstraliya — 10.



