$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilning sentyabriga qadar 37 mingdan ziyod o‘zbekistonlik umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatga ega bo‘ldi

sertifikat imtihon test

2024-yilning 1-sentyabr holatiga ko‘ra, my.gov.uz portalidagi “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash” xizmatiga jami 57 174 ta ariza kelib tushgan.

Eng ko‘p ariza topshirilgan fanlar

Ariza topshirganlarning 37 116 nafari sertifikat olishga muvaffaq bo‘lgan. Eng ko‘p ariza topshirilgan fanlar orasida O‘zbek tili va adabiyoti 17 316 ta ariza bilan birinchi o‘rinda. Keyingi o‘rinlarni kimyo (13 446 ta ariza) va matematika (8 272 ta ariza) fanlari egalladi.

Hududlar kesimida

Hududlar kesimida sertifikat olish bo‘yicha Farg‘ona (8 034 ta ariza, 5216 ta sertifikat) yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda Toshkent shahri (6 667 ta ariza, 3 996 ta sertifikat) va Buxoro viloyati (5 725 ta ariza, 3 916 ta sertifikat) turibdi.

Umumiy natijalar mazkur baholash tizimiga bo‘lgan qiziqishning yuqoriligi hamda sertifikat olgan talabgorlarning davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida tegishli fanlardan ozod qilinishi bilan bog‘liq.