$
 12692.42
100.85
 14511.24
-34.54
 158.44
4.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Milliy va xalqaro tan olingan til bilish sertifikatlari ro‘yxati tasdiqlandi

talaba

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi.

Pedagoglar uchun ustama 

Mazkur qaror bilan:

  • umumiy o‘rta taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati;
  • umumiy o‘rta taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan umumtaʼlim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati alohida ro‘yxat shaklida tasdiqlandi.

Qanday sertifikatlar qabul qilinmaydi?

Shuningdek:

  • taʼlim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy ro‘yxatidan o‘tmagan test markazlarida, masofadan (uyda) nazoratsiz olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qo‘llamaslik;
  • amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p boʻlmagan vaqt mobaynida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz va ustamalar qo‘llash tartibi belgilandi.

Chiqarib tashlangan sertifikatlar

Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan:

  • italyan tili bo‘yicha — Accademia Italiana di Lingua (AIL);
  • arab tili bo‘yicha — The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL);
  • yapon tili bo‘yicha — Japanese Language Proficiency Test (JLPT);
  • koreys tili bo‘yicha — Test of Proficiency in Korean (TOPIK I);
  • turk tili bo‘yicha — İstanbul Aydın Üniversitesi Türkçe Öğretimi Uygulama ve Araştırma Merkezi (Aydın TÖMER) sertifikatlari chiqarib tashlandi.