“Uzoq vaqt davomida o‘zini shunday tutgan bitta mamlakat bor edi” – Rossiyalik senator O‘zbekistonga Ukraina taqdirini eslatdi
U Alisher Qodirovning Rossiyaga “o‘z ichki ishlari bilan shug‘ullanish” qabilidagi ohangiga qarshilik bildirgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Federatsiyasi kengashi xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Andrey Klimov O‘zbekiston parlamenti spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirovning Rossiyaga “o‘z ichki ishlari bilan shug‘ullanish” chaqirig‘iga “javoban” Ukrainaga sha’ma qilib, mamlakat taqdirini eslatdi. Bu haqda u “Lenta.ru” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Bunday ohangga qarshiman”
“Har qanday hodisa yuzasidan darhol bunday ohangda gapirishga qarshiman. O‘zini o‘qituvchi deb atayotgan shaxsning qilgan ishi nafaqat huquqbuzarlik, balki bundan ham ko‘proq. Vitse-spikerning so‘zlari esa taajjub uyg‘otadi”, deydi Klimov.
Senatorning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyoni Rossiya bilan bilan urushtirishni xohlaydiganlar juda
ko‘p.
Masalani qanday hal qilish kerak?
“Uzoq vaqt davomida o‘zini shunday tutgan bitta mamlakat bor edi. Endi u juda og‘ir ahvolga tushib qoldi”, dedi Klimov Ukrainani eslatmoqchi bo‘lib. Klimovga ko‘ra, bunday hodisalar ana shunday kayfiyatdagilar uchun qulay zamin bo‘ladi.
“Menimcha, endi o‘qituvchi deb atash qiyin bo‘lgan bu pedagog geosiyosiy masalalar haqida o‘ylamagan. Ehtimol, maishiy omillar ta’sir ko‘rsatgan. Shunday ekan, kelinglar, bu masalani rasmiy kanallar orqali qanday hal qilish mumkinligini ko‘rib chiqamiz”, deydi u.



