$
 12736.48
-21.17
 14193.53
-74.63
 137.60
-0.45
weather
+26
Кечаси   +14°

Senatning navbatdagi yalpi majlisi qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi

senat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 58- yalpi majlisi 2024-yil 30-sentyabr kuni soat 11:00 da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar bermoqda.

YouTube platformasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish mumkin

Yalpi majlisni videokonferensaloqa tarzida o‘tkazish rejalashtirilgan. Yalpi majlis Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib boriladi.

Nima masalalar ko‘rib chiqiladi?

Bu safargi majlisda qishloq xo‘jaligi kooperativi, temir yo‘l transporti, xalqaro bitimlarni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlar hamda bir qator boshqa masalalar kun tartibidan o‘rin olgan.

Shuningdek, senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash masalasini ham ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.

57-yalpi majlis

Ma’lumot uchun, Senatning 57- yalpi majlisi 20-sentyabrda bo‘lib o‘tgan, unda ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi, xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan tibbiy tashxis qo‘yish va davolash xizmatlarini amalga oshirishga javobgarlik, suvdan samarali foydalanish va boshqa bir qator qonun va qonun loyihalari ko‘rib chiqilib, muhokama qilingan edi.