$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

3-iyun kuni Yer aholisi kamyob astronomik hodisaga guvoh bo‘ladi

Sayyoralar

Astronomlar 3-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan “sayyoralar paradi” haqida e’lon qilishdi. Bu haqda Xabar internet nashri xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Bunday hodisalar har 20 yilda bir marta sodir bo‘ladi.

To‘rtta sayyora Quyosh yaqinidagi 20-30 darajali sektorda bo‘ladi

To‘rtta sayyora: Venera, Yupiter, Merkuriy va Uran bir-biriga yaqin joylashgan. Ular Quyosh yaqinidagi 20-30 darajali sektorda bo‘ladi. Biroq, bu hodisani yorqin kunduzgi osmonda kuzatish imkonsiz bo‘ladi, shuning uchun sayyoralar paradini ko‘rinmas deb atash mumkin.

Ushbu hodisani ko‘rishining imkoni bormi?

Moskva planetariysi aniqlik kiritishicha, 3-iyun kuni barcha sayyoralar Quyoshning bir tomonida quyidagi tartibda joylashadi: Quyosh, Venera, Yupiter, Merkuriy, Uran, Mars, Neptun va Saturn. Ulardan faqat Saturn osmon musaffo bo‘lsa, quyosh chiqishidan oldin ufqda juda pastda qisqacha ko‘rinadi. Shuningdek, sayyoralarga Marsdan unchalik uzoq bo‘lmagan so‘nib borayotgan Oy ham “qo‘shiladi”.

Теги :
Jamiyat