$
 12654.13
67.72
 14817.99
59.17
 161.18
0.76
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Samarqand: sayohat va dam olish uchun yangi manzillar

Samarqand

9-10- iyul kunlari Ekologiya vazirligi qoshidagi Turizm qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari va turoperatorlar uchun Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, muzeylari, eko- va etnoturizm obyektlari boʻylab press-tur tashkil etildi.

Infoturning asosiy diqqatga sazovor jihati - Samarqand viloyatida bunyod etilishi kutilayotgan yangi “Ohalik-Oqbo‘yro-Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi bilan tanishuv bo‘ldi.

-         Samarqandga kelayotgan xorijiy sayyohlarni, asosan, tarixiy binolar, me’moriy yodgorliklar va gastronomik turizm o‘ziga jalb qiladi. Ammo tabiat manzaralari, faol dam olishga mo‘ljallangan hududlarni yaratish orqali sayyohlar oqimini yanada kengaytirish mumkin, - dedi Turistik-rekreatsion zona direktori Jo‘rabek Suyunov. – Qolaversa, mahalliy aholi orasida hamyonbop, har tomonlama qulay dam olish, davolanish maskanlariga talab bor. Shularni hisobga olib, Prezidentning tegishli qarori asosida tog’li hududda joylashgan uchta hududda – “Ohalik-Oqbo‘yro-Mironqul” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi. Samarqand shahridan 13 km masofada joylashgan bu hududning umumiy maydoni 4650 gektarni qamrab oladi. Bu yerda zamonaviy talablarga mos ekologik toza turar joy obyektlari, savdo, ko‘ngilochar va boshqa turistik infratuzilma obyektlari, xususan, “ziplayn”, “banji-jamping” va “zorbing” attraksionlari, kanatli park, dor yo‘llari, deltaplan va paraplan yoki havo sharida uchish kabi ekstremal turizm yo‘nalishi faoliyatini tashkil qilish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda hududda 16 ta mehmon uyi, 8 ta savdo do‘koni, 5 ta restoran, 13 ta bolalar oromgohi va 28 ta dam olish maskani mavjud.

Loyihani 2025-yil sentabrga qadar yakunlash rejalashtirilgan.