$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O’zbekistonliklar eng ko’p qayerga sayohat qilishni yoqtirishadi?

Sayohat

Statistika agentligi O’zbekistonliklar eng ko’p qaysi davlatlarga sayohat maqsadida ketishlarini ma’lum qildi.

1,3 million O’zbek turistlari

Ma’lumotlarga ko’ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida 1,3 millionga yaqin O’zbekiston fuqarolari turistik maqsadlar bilan xorijga safar qilganlar. Bu ko’rsatgich o’tgan yilgiga qaraganda 40,7 % ga yuqori degani. Ya’ni 365,6 mingtaga sayohat qiluvchilar soni oshgan.

Aynan qaysi davlatlar O’zbekistonliklar tanlovi edi?

Statistika agentligi ma’lumotlarida 1-o’rinni Qizg’iz Respublikasi egallagan. Bu davlatga 559,1 ming O’zbekistonlik sayohat qilgan. Keyingi o’rinlarda Tojikiston 260,8 ming, Qozog’iston 184,1 ming, Saudiya Arabistoni 70,6 ming nafar, odatda juda yuqori ko’rsatkichga ega deb tahmin qilinuvchi Rossiya esa 50,3 ming nafar O’zbek sayyohlarini o’z bag’riga olgan. Qolgan o’rinlarni esa BAA, Turkiya, Quvayt, Misr, Tailand va boshqa davlatlar band etgan. O’zbekistonda faqatgina tashqi mehmon bo’lib keluvchi turistlar emas, balki O’zbek turistlari soni ham yuqori ekanligi quvonarli holat.

Tashqi turistlar ko’proqmi yoki O’zbekistonlik?

2024-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga 1 519,3 ming nafar chet el fuqarolari faqat turistik maqsadda tashrif buyurgan. O’zbekistonlik turistlar soni bo’lsa 1,3 million nafar edi.

Qaysi davlat fuqarolari ko’proq tashrif buyurishgan?

1 Rossiya — 134,2 ming nafar;

2 Turkmaniston — 31 ming nafar;

3 Turkiya — 21,5 ming nafar;

4 Hindiston — 11,6 ming nafar;

5 Xitoy — 10 ming nafar;

6 Janubiy Koreya — 7,6 ming nafar;

7 Germaniya — 3,8 ming nafar;

8 boshqa davlatlar — 58,5 ming nafar.