$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Saylovchilarning 832 ming nafarini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etmoqda, ularga zarur imkoniyatlar yaratildimi?

nogiron

Bugungi saylovlarda 832 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etmoqda. Xo‘sh, ularga ovoz berish jarayonlarida ishtirok etish uchun munosib sharoitlar yaratilmoqdami? Bu haqda Axborot ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.

Ularning 105 ming nafari ko‘makka muhtoj

Saylovlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning erkin va hech qanday to‘siqlarsiz huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Jumladan, saylovchilar ro‘yxati uyma-uy yurib aniqlashtirish jarayonlarida saylovchilar orasida nogironligi bo‘lgan shaxslar 832 ming nafar ekani hamda ularning 105 ming nafari bo‘lajak saylovda ishtirok etishi uchun ko‘mak berishga muhtojligi aniqlangan.

Shuningdek, saylovda mustaqil ishtirok eta olmaydigan har bir saylovchiga ovoz berishga ko‘maklashish uchun 16 minga yaqin volontyor biriktirildi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylovda ishtiroki uchun tegishli infratuzilmaviy sharoitlar yaratildi.

Infratuzilmalardagi qulayliklar

Barcha saylov uchastkalariga brayl alifbosi trafaretlari yetkazildi. Ovoz berish xonalariga maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinalari joylashtirildi.

Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi saylovchilar mavjud bo‘lgan saylov uchastkalarida optik lupalar yetkazildi. Saylov uchastkasi joylashgan hududdagi nogironlar aravachasiga moslashtirilgan nishab yo‘laklar (panduslar) yoki "yordamga chaqirish" tugmasi bilan jihozlandi.

Bundan tashqari, saylovga oid axborotlar surdo tarjima, subtitr yozuvi, brayl alifbosi va boshqa shakllar orqali yetkazilib kelinmoqda. Saylov komissiyalari tarkibida 1343 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs vakillari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Shuningdek, siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan barcha nomzodlarning 616 nafari nogironligi bo‘lgan shaxslar hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat