$
 12047.45
26.55
 14099.13
110.41
 151.90
-3.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda “Erta aniqlа – hayotni saqla” forumi o‘tkazildi

Erta aniqla - hayotni saqla

2025-yil 25-oktabr kuni Toshkent shahrida koʻkrak bezi va bachadon boʻyni saratoniga qarshi kurash oyi doirasidagi muhim tadbir – “Erta aniqlа – hayotni saqla” (“Erta tashxis hayotni saqlab qoladi”) forumi boʻlib oʻtdi. Unda 500 nafar yetakchi onkologlar, ginekologlar, tibbiyot mutaxassislari, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektor vakillari hamda onkologik kasalliklarga chalingan ayollar ishtirok etdi.

Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) tomonidan Yandex Uzbekistanning moliyaviy ko‘magida tashkil etildi.