O‘zbekiston Rossiyaning asosiy savdo hamkorlari qatoriga qo‘shildi
Rossiya Federal bojxona xizmati 2024-yil davomida mamlakatning eng yirik savdo hamkorlari haqida ma’lumot berdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Federal bojxona xizmati mamlakatning eng yirik savdo hamkorlari haqida ma’lumot berdi. Bu haqda RBK ma’lumot berdi.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy hali ham Rossiya tashqi savdosining uchdan bir qismiga egalik qilib, eng yirik hamkor maqomini ushlab turibdi.
O‘zbekiston o‘ninchi o‘rinda
Bozorda 8,8 foiz ulush bilan Hindiston ikkinchi o‘rinda. Turkiyaning ulushi biroz kichikroq - 8,3 foiz.
Undan keyin Belarus – bozorning 7,1 foizi, Qozog‘iston – 4 foiz, Janubiy Koreya – 2,1 foiz, Germaniya va Armaniston – 1,8 foiz, Italiya – 1,5 foiz.
Rossiya tashqi savdosining yana 1,4 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu o‘ninchi ko‘rsatkich.
Federal bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning o‘n oyi davomida Rossiyaning umumiy savdo aylanmasi 584 milliard dollarni tashkil etdi. Bu mablag‘ning taxminan 197 milliard dollari Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi.



