$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Saudiya Haj ziyoratiga ruxsatnomasiz keluvchilarni ogohlantirdi

Saudia

Saudiya Arabistoni podshohligi mamlakatga tashrif buyuruvchilar va aholini 2024-yilgi Haj mavsumida zarur ruxsatnomalarsiz qatnashishdan ogohlantirmoqda.

Maqsad huquqbuzarliklarni kamaytirish

Qayd etilishicha, Haj mavsumida ziyorat uzluksizligini ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni kamaytirish maqsadida qattiq jazo choralari joriy etildi. Rasmiylar Pasportlar Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Haj qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qattiq choralarni ishlab chiqqan.

So‘mda hisoblansa 167 million jarima naqd

Haj va Umra vazirligi zarur ruxsatnomalarsiz haj qilish noqonuniy bo‘lib, 50 ming Saudiya riyoli, so‘mga hisoblansa taxminan 167 million so‘m miqdoricha jarimaga sabab bo‘lishini ta’kidladi. Bundan tashqari, tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan ziyoratchilarni olib ketayotgan shaxslar ham xuddi shu miqdorda jarimaga tortiladilar.

“Bu kabi qonunbuzarliklarda aybdor deb topilgan chet el fuqarolari olti oyga qamoqqa olinadi, keyin Saudiya Arabistonidan deportatsiya qilinadi. Ularga 10 yil davomida mamlakatga qayta kirish taqiqlanadi”, – deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, qoidabuzarlar ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka ham oshkor qilinadi.

Bizdagi vaziyat

Mamlakatimizda oxirgi paytlarda haj ziyorati bilan bog‘liq turlar faoliyati bilan shug’ullanayotgan kompaniyalar bilan bog‘liq muammolar ko‘p uchrab turibdi. Bu borada ham saytda “Umrani biznes qilganlar” sarlavhasi ostida tahlily maqola joylangan edi. Unda keyin esa 40 dan oshiq tur firmalarning bu boradagi muammolari sababli litsenziyalari bekor qilingan.

Теги :
Jamiyat