$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

Jismoniy mashqlar saratondan tuzalish imkoniyatini oshiradi

fitness

Yangi tadqiqot kuchli mushaklar va yaxshi jismoniy holatga ega insonlarda saratonni yengish imkoniyati yuqori ekanligini ko‘rsatdi.

Saratonning og‘ir bosqichidagi bemorlarda ayniqsa bu usul yaxshi natija beradi

Ma’lum qilinishicha, turli saraton bosqchilaridagi 47 000 nafar bemor o‘rganilganda, jismoniy faol insonlarda o‘lim xavfi mushak kuchi va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari past odamlarga nisbatan 31–46%ga kam ekanligini aniqlandi.

Ayniqsa, saratonning 3-4-bosqichlaridagi, shuningdek, o‘pka va hazm qilish tizimi a’zolari saratoniga chalingan bemorlarda bu natijalar yaqqol ko‘zga tashlandi. Olimlar klinik amaliyotda bemorning kasallikdan tuzalish prognozlarini oshirish uchun mushak kuchini oshiruvchi mashqlardan foydalanishni tavsiya qilmoqda.

Kasallikni chekinishga majbur qiluvchi odatlar

Shuningdek, yana bir tadqiqot chiroyli qomat va jismoniy faollik birgalikda saraton xavfini kamaytirishini ko‘rsatdi. Bunda sog‘lom vaznni saqlash, muntazam jismoniy mashqlar va me’yorlashtirilgan ovqatlanish muhimligi ta’kidlandi.

Butunjahon saraton tadqiqotlari fondi mutaxassisi Xelen Kroker saratonning oldini olishda bir jihatga e’tibor qaratish emas, sog‘lom turmushning barcha komponentlari ustida kompleks ishlash kerakligini aytdi.