Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +17° kechasi +9°
Читать на русском

Arab-islom davlatlari yetakchilari favqulodda yig‘in o‘tkazmoqda

11-noyabr kuni G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topish choralarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ham qatnashishi rejalashtirilgan.

2 daqiqa o‘qiladi

Arab-islom davlatlari yetakchilari favqulodda yig‘in o‘tkazmoqda

Bugun, 11-noyabr kuni G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topish choralarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ham qatnashishi rejalashtirilgan.

Prezident tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11—13-noyabr kunlari xalqaro sammitlarda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoni va Ozarbayjon Respublikasida bo‘ladi. Ikki muqaddas masjid xodimi - Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlat rahbari 11-noyabr kuni G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topish choralarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi. 

Shavkat Mirziyoyevning rejalari

12—13-noyabr kunlari O‘zbekiston yetakchisi Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga ko‘ra BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida qatnashadi. O‘zbekiston Prezidentining mazkur sammitlarda nutq so‘zlashi, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Sammitning asosiy maqsadi

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil bo‘lib o‘tadigan sammitda 2023-yilda qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish va Isroilni G‘azo sektori, G‘arbiy Sohil, Livan va Isroilga hujumlarini to‘xtatish bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda. Ma’lumot uchun, o‘tgan yili ham 11-noyabrda xuddi shunday uchrashuv o‘tkazilgandi. Birinchi sammitning eng muhim natijalaridan biri Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr, Iordaniya, Qatar, Falastin, Indoneziya va Nigeriyadan iborat G‘azo sektori bo‘yicha Aloqa guruhining tashkil etilishi bo‘ldi.