$
 12456.25
45.26
 14461.71
223.82
 158.36
-0.02
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

“Saidaziz medgorodok”ning jazo muddatiga yana qo‘shildi

Sud

O‘zbekistonda jinoiy uyushma tashkil etish kabi og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topilgan Saidaziz Saidaliyevga nisbatan yana bir jinoyat bo‘yicha hukm o‘qildi.

“Otib tashlashni aytib tahdid qilishgan”

Ma’lumotga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudining joriy yil 29-oktyabridagi hukmiga muvofiq jamoatchilikka “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan fuqaro Saidaziz Saidaliyev Jinoyat kodeksining 165-moddasida (tovlamachilik) ko‘zda tutilgan jinoyatning yana bir epizodida aybdor deb topgan. Sud hujjatida bayon qilinishicha, Saidaziz Saidaliyev Ilhom Sotvoldiyev va tergovda aniqlashning imkoni bo‘lmagan boshqa shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, 2023-yil yanvar oyida Yashnobod tumanidagi uylardan biriga borib, tadbirkor Baxtiyor Kolonovga sobiq sherigidan go‘yo 700 ming dollar qarzdor ekanini aytishgan. Tadbirkor ularga qarshilik ko‘rsatganida “Saidazim medgorodok” va sherigi pichoq hamda to‘pponchadan foydalangan holda, pulni qaytarmasa, oilasiga jiddiy zarar yetkazib, o‘zini otib tashlashni aytib tahdid qilishgan. Sud majlisida Saidaliyev va Sotvoldiyev aybiga iqror bo‘lmagan.

Sud qarori

Sud Saidaziz Saidalievni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari (“Uyushgan guruh tomonidan o‘ta yirik miqdorda tovlamachilik”) bilan aybdor deb topdi. Buning natijasida sud unga nisbatan 2024-yilning 5-avgustida chiqarilgan hukmni inobatga olgan holda 20 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Ilhom Sotvoldiev ham 165-modda bilan aybdor deb topilib, avvalgi hukmni hisobga olgan holda 5 yil-u 3 oyga ozodlikdan mahrum etildi. 

Ilk hukm

Avvalroq, “Ko‘cha”ga aloqador deb ko‘rilgan Saidaliyev JKning 165 (tovlamachilik), 168 (firibgarlik), 242 (jinoiy uyushma tashkil etish), 243 (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 211−28 (pora berishga sheriklik qilish), 277 (bezorilik) kabi moddalarida aybdor deb topilib, 2024-yilning 5-avgustdagi sud hukmi bilan 20 yilga “kesilgan”. Ilhom Sotvoldiev esa 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan (https://t.me/kompromat_za/3376) edi. Keyinroq bu ish bo'yicha yana 22 kishi sudlangan. Ulardan ikkitasi axloq tuzatish ishlari, uchtasi ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan cheklangan. Ayblanuvchilardan biri da’vo muddatini o‘tganligi sababli javobgarlikdan ozod etilgan. Apellyatsiya sudi birinchi instansiya hukmini o‘z kuchida qoldirdi (https://t.me/nova24live/71765) .

Теги :
Jamiyat