$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya klubi o‘zbekistonlik futbolchilar xizmatidan voz kechmoqchi

Rubin

Qozonning “Rubin” jamoasi qishki transfer oynasida 5 futbolchini sotish yoki ijaraga berish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi. Insayder Karpovning ma’lum qilishicha, Qozonning “Rubin” jamoasi qishki transfer oynasida bir qator o‘zgarishlarni rejalashtirmoqda. Jamoa 5 futbolchini sotish yoki ijaraga berish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi. Ular orasida ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi ham bor.

Rustam Ashurmatov

Insayderga ko‘ra, Tojikistonlik murabbiy Rashid Rahimov mavsumning ikkinchi qismi oldidan jamoa safini kuchaytirmoqchi. Undan oldin esa klub aksariyat o‘yinchilariga xaridor izlamoqda. Ular orasida Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliyev ham bor. O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi sanalmish Ashurmatovga O‘zbekiston va Yaqin Sharq klublaridan qiziqish bo‘lsa-da, aniq taklif mavjud emas. Insayderlarga ko‘ra, unga Erondan qiziqishlar mavjud. BAA yoki Saudiya Arabistonidan variantlar bo‘lsa ham ajablanish kerak emas. Shuningdek, futbolchida faoliyatini RPLning boshqa klublarida davom ettirish imkoniyati ham bor.

Защитником «Рубина» Ашурматовым интересуется «Нефтчи»

Umarali Rahmonaliyev 

Jamoaning 21 yoshli yarimhimoyachi Umarali Rahmonaliyev ushbu mavsumda RPLda 84 daqiqa o‘ynagan va asosiy tarkibdan joy ololmadi. “Navbahor”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Neftchi” jamoalari unga qiziqmoqda, lekin futbolchi Turkiya yoki Avstraliya klublarini afzal ko‘rmoqda. Turkiyaning “Bodrumspor” va Avstraliyaning “Vestern Sidney Uonderers” jamoalaridan qiziqish mavjud. Rahmonaliyev 2023-yilning yanvarida "Bunyodkor"dan "Rubin"ga tekinga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2026-yilning iyunigacha amal qiladi. 21 yoshli tayanch yarim himoyachisi joriy mavsum 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qildi hamda 2 marta sariq kartochka oldi.

Umarali Rahmonaliyev: «Navbahor» darvozasiga gol urishni juda ham xohlagandim»

Biz hammasi aniq bo‘lishini kutmoqdamiz

Umarali Rahmonaliyevning manfaatlarini himoya qilayotgan futbol agenti Raul Abrurahomonov futbolchining Qozonni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Katta ehtimol bilan Umarali yo ijaraga ketadi yoki to‘liq transfer bo‘ladi. Hammasi klublarning xariddan qanchalik manfaatdor ekanligiga bog‘liq. Hozircha aniq taklif yo‘q, lekin qiziqish bor. Biz hammasi aniq bo‘lishini kutmoqdamiz. Ikkita klub bor: ekzotik Avstraliya chempionatidan va Turkiyadan. Biz “Rubin” bilan bu masalani muhokama qildik. Men Moskvaga uchib, Rahmonaliyevning taqdiri bo‘yicha suhbatlashdim. Biz ijara yoki yaxshi narxdagi transfer bo‘yicha kelishib oldik, – degan agent.

Теги :
Jamiyat