$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Agar Rossiya g‘alaba qozonsa...

Ukraina

Fransiya va Ukraina rahbarlari, bir necha yildan beri davom etayotgan Rossiya - Ukraina urushi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ukrainlar xavf ostida"

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron "La Tribune" saytiga intervyu berdi. U Rossiyaning ballistik raketalarining imkoniyatlari xavfi haqida gapirib, ular butun Yevropaga xavf solayotganini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi yevropaliklarning hayoti xavf ostida.

Rossiya g‘alaba qozonsa...

Agarda Rossiya g‘alaba qozonsa, Yevropa xavf ostida qoladi, deya fikr bildirdi Fransiya rahbari. Agar ular g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, keyingi soniyalarda na Ruminiya, na Polsha, na Litva va na bizning mamlakatimiz xavfsiz bo‘lamiz, deya hisoblaydi u. 

Ukraina prezidenti ma’lumotlarni ulashdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 4-may kungi murojaatida, Global tinchlik sammiti bo‘lishi, rossiyaliklar qanchalik buni buzishga urinmasin bu voqea amalga oshishini bildirdi. U harbiy rejalar, front chizig‘ining pozitsiyasilari,bo‘linmalari, yo‘nalish va xarajatlari aniq ekanligi haqidagi Ukraina Qurolli Kuchlari Oliy bosh Qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyning ma’lumotlarini taqdim etdi.

"Putin tinchlikni xohlamaydi"

"Putin tinchlikni xohlamaydi, u aqldan ozgan va har kuni uning hukumati buni isbotlash uchun nimadir qiladi. Bu yovuzlikni yengish, urushni yengish uchun esa dunyoning maksimal birligi kerak. Birgalikda natijalarga erishamiz", - deya fikrini yakunladi Ukraina rahnamosi.