Oʻzbekiston jinoyatchilik kam uchraydigan davlatlar orasida 27-oʻrinni egalladi
Jinoyatchilik eng avjiga chiqqan davlat bu Venesuela hisobladi. Mazkur mamlakatda jinoyatchilik darajasi 80,7 foiz boʻlsa, xavfsizlik 19,3 foizni tashkil etadi.
2 daqiqa o‘qiladi

2025-yil uchun Jinoyatchilik indeksi (Crime Index bu Country 2025) eʼlon qilindi.
Jinoyatchilik eng avjiga chiqqan davlat
Unga koʻra, jinoyatchilik eng avjiga chiqqan davlat bu Venesuela hisobladi. Mazkur mamlakatda jinoyatchilik darajasi 80,7 foiz boʻlsa, xavfsizlik 19,3 foizni tashkil etadi.
Undan keyingi oʻrinda esa Papua Yangi Gvineya joy olgan — jinoyatchilik – 80,3 foiz, xavfsizlik – 19,7 foiz. Keyingi qatorlarni Gaiti (jinoyatchilik – 78,9 foiz, xavfsizlik – 21,1 foiz), Afgʻoniston (jinoyatchilik – 75,1 foiz, xavfsizlik – 24,9 foiz) va Janubiy Afrika (jinoyatchilik – 74,7 foiz, xavfsizlik – 25,3 foiz) kabi davlatlar band qilgan.
Qozogʻistonda vaziyat qanday?
Ushbu reytingda Rossiya 97-oʻrindan joy olgan — jinoyatchilik – 38,7 foiz, xavfsizlik – 61,3 foiz.
Qozogʻiston esa 77-oʻrinda — jinoyatchilik – 45,2 foiz, xavfsizlik – 54,8 foiz.
Oʻzbekiston 121-oʻrinda
Oʻzbekiston ham mazkur indeksda boʻlib, mamlakatning oʻrni 121-oʻrinda qayd etilgan — jinoyatchilik – 27,9 foiz, xavfsizlik – 72,1 foiz.
Taʼkidlash lozim, 2024-yilda Oʻzbekiston 118-oʻrinni egallagan edi. Oʻshanda mamlakatdagi jinoyatchilik darajasi 30,5 foiz, xavfsizlik darajasi boʻlsa 69,5 foiz deya koʻrsatilgan.
Dunyodagi eng jinoyatchilik kam davlatlar
Maʼlumot uchun, reytingda dunyodagi eng jinoyatchilik kam davlat sifatida Andorra koʻrsatilgan. Keyingi oʻrinlarda Birlashgan Arab Amirligi, Qatar va Tayvan davlatlar jinoyatchilik kam uchraydigan mamlakatlar ekani maʼlumotlar bilan keltirilgan.
Oʻzbekiston esa jinoyatchilik kam uchraydigan davlatlar orasida 27-oʻrinda turibdi.



