$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Barqarorlik reytingi: tadbirkorlarning 1,8 trillion so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berildi

tadbirkor

2023-yilgi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va ularni rag‘batlantirish maqsadida Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etish vazifasi belgilangan. Joriy yilning fevral oyidan tatbiq etilgan barqarorlik reytingi natijasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

Reytingda yuqori natija ko‘rsatgan tadbirkorlarga qanday imtiyozlar berildi?

Jumladan, AAA reytingdagi tadbirkorlarning 1,8 trln. so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berildi. Jumladan A va undan yuqori reytingdagi 270 ta tikuv-trikotaj korxonalariga 633,7 mlrd. so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berildi.

A va undan yuqori reytingdagi 505 ta tadbirkorlik subyektlarining soliqlardan (QQS bundan mustasno) mavjud 85,4 mlrd. so‘mlik ortiqcha to‘lovlar 3 kun muddatda qaytarib berildi. Tovarlarni import qilishda va realizatsiya qilishda 159 ta tadbirkor tomonidan to‘lanadigan 375,9 mlrd. so‘mlik QQS summalari o‘zaro hisobga olindi.

Tadbirkorlarning reytingdagi o‘rni qanday?

Shuningdek, Soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etayotgan tadbirkorlar soni 53,5 mingtaga ortdi. Ishchi-xodimlar soni 159,9 mingta korxonada 428,8 mingtaga ko‘paydi.

Hozirgi kunda Barqarorlik reytingi axborot tizimi platformasida jami 568 mingta tadbirkordan 10,1 mingtasi yuqori, 95,8 mingtasi o‘rta, 242,7 mingtasi qoniqarli, 219,3 mingtasi quyi reytingda joylashgan.

Теги :
Jamiyat