$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

38 bosh qoramoli, Cherry avtomobil-u, savdo doʻkoni boʻlgan “ehtiyojmandlar” ijtimoiy reyestrdan chiqarildi

reyster

31- yanvar kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov prokuratura organlari tomonidan mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish borasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

2 million oilaga koʻmak berildi

Ma’lum qilinishicha, prokuratura organlari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilib, qariyb 2 million oilaga ko‘mak berilgan, ularning oila a’zolari ishga joylashtirilishi natijasida turmush sharoitlarini yaxshilashga erishilgan.

Ijtimoiy reyestrdan chiqarilgan oilalar

Bosh prokuratura 2024-yilda o‘tkazgan nazorat tadbirlari davomida ijtimoiy yordam mablag‘larini olib kelayotgan 20 ming 129 ta oila reyestrdan chiqarilgan, budjetdan 32 mlrd. so‘m mablag‘ to‘lanishining oldi olindi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning taqdim qilgan misollariga ko‘ra, Buvayda tumanida yashovchi fuqaro xonadonida 38 bosh qoramoli, Yozyovon tumanida yashovchi fuqaro savdo do‘koni, Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaro oilasi foydalanuvida Cherry rusumli avtomashinasi mavjud bo‘lsa-da, nafaqa olib kelayotgani aniqlangan. Ular reyestrdan chiqarildi.

O‘rganishlarda ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan holda reyestrga kiritilmagan 5 ming 274 ta oila reyestrga kiritilib, davlat ijtimoiy himoyasiga olinishi ta’minlandi.

Теги :
Jamiyat