$
 12909.80
7.8
 13415.86
-12.54
 129.09
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

Ko‘p xonadonli uylarni boshqarishda yangi elektron reyestr joriy etildi

ko

Hukumat qarori (853-son) bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda. Unga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini shakllantirish va yuritish hamda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga biriktirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi belgilandi.

Qayerga murojaat qilish kerak?

Bunda talabgor yoki boshqarish organi so‘rovnoma berish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat etadi.

So‘rovnoma YaIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 50 foizi (187 ming 500 so‘m) miqdorida Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im undiriladi. So‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, belgilangan yigimni to‘lamaslik davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. 

Reyestrga kirish uchun nimalar kerak bo‘ladi?

Elektron reyestrga kirish uchun quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

talabgorning ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun mavjud ishchi-xizmatchilari hamda moddiy-texnik bazasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar pasportining tasdiqlangan nusxasi;

tasdiqlangan shtatlar jadvali;

tegishli malaka sertifikat.

Теги :
Jamiyat